«Hizbulloh» harakati tuzilmalariga kirib borgan Eronning qöş agenti Isroil armiyasiga guruh rahbari Hasan Nasrullohning qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, bu esa TsAHALga uni yöq qiliş imkonini yaratdi. Bu haqda 28 sentabr, şanba kuni Fransiyaning Le Parisien gazetasi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Naşrning yozişiça, 27 sentabr kuni Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil havo hujumi natijasida halok bölgan «Hizbulloh» uçuvçisiz uçoqlar bölinmasi qömondoni Muhammad Husayn Srurning dafn marosimida iştirok etgan. Dafn marosimi guruhning yerosti qömondonlik markazidan unça uzoq bölmagan Haret-Xreyk hududida bölib ötdi. Ayni vaqtda bunkerlarni yöq qiladigan bombalar bilan jihozlangan Isroilning F-35 qiruvçi samolyotlari pistirmada turib, nişonning «Hizbulloh» qarorgohiga qaytişini kutişgan.

Kunning ikkinçi yarmida eronlik agent isroilliklarga Nasrullohning yaqin orada yetib borişi haqida xabar berdi. U dafn marosimidan söng Islom inqilobi muhofizlari korpusining nufuzli bölinmasi - "Al-Quds" kuçlari qömondoni örinbosari, eronlik general-mayor Abbos Nilforuşanning maşinasida öz qarorgohiga yetib keldi. Guruhning favqulodda yiğilişida Nasrullohdan taşqari yana 12 nafar qömondon iştirok etgan. Le Parisien naşri xabariga köra, Isroil harbiylari portlaş buyruğini berişdan oldin hamma bir xonada yiğilişini kutgan. Gazeta manbasiga köra, TsAHAL uçuvçilari «Hizbulloh» qömondonlik markaziga har biri ikki tonna oğirlikdagi oltita bomba taşlagan. Avvalroq Isroilning Ynet portali guruhning qömondonlik markaziga taşlangan bombalarning umumiy oğirligi 80 tonnadan oşganini ta’kidlagan edi.

«Hizbulloh» Hasan Nasrullohning jasadini topdi

Livanning «Hizbulloh» guruhi özining marhum rahbari Hasan Nasrullohning jasadini topdi. Bu haqda 29 sentabr kuni Reuters va AFP axborot agentliklari harakatning özidagi manbalariga tayanib xabar berdi. Ularning sözlariga köra, Nasrullohning tanasida oçiq jarohatlar yöq. Bu uning portlaş tölqini ta’siridan ölgan bölişi mumkinligini anglatadi.

«Uning jasadi şanba kuni topildi», dedi «Hizbulloh» manbasi jurnalistlarga. Unga köra, Nasrulloh bilan vidolaşuv va dafn marosimining sanasi hali belgilanmagan.