Ukrainaning Rossiyaga qarşi uruşda ğalabasi uning hududi ustidan nazoratni qaytariş va Rossiya qöşni davlatga hujum qilişni töxtatadigan vaziyat bölişi kerak. Bu fikrni 29 sentabr, yakşanba kuni Bild tabloidiga bergan intervyusida muxolifatdagi Xristian-demokratik ittifoq/Xristian-sotsial ittifoq (XDI/XSI) blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers bildirdi.

«Ukraina heç qaçon Rossiyani (harbiy jihatdan) mağlub eta olmaydi, - dedi Mers. - Ammo men uçun ğalaba uning hudud ustidan suverenitetini qaytarib olişi kerakligini anglatadi. Biz Rossiyaga harbiy kuç işlatiş bilan uruşni davom ettiriş befoyda ekanligini köriş uçun hamma narsani qilişimiz kerak».

Fridrix Mers Sara Vagenknext haqida

Yanvar oyida öz partiyasi - «Sara Vagenknext ittifoqi — soğlom fikr va adolat»ni röyxatdan ötkazgan söllar sobiq yetakçisi Sara Vagenknext haqida gapirar ekan, Fridrix Mers uni «Germaniyada köpçilik tomonidan qabul qilingan yuqori intellektual demagog» deb atadi.

Saksoniya, Tyuringiya va Brandenburg parlamentlari (landteglari)ga saylovlarda Germaniya siyosiy maydonida yangi bölgan «Sara Vagenknext ittifoqi — soğlom fikr va adolat» partiyasi Turingiyada 15,8 foiz, Saksoniyada 11,8 foiz, Brandenburgda 13,5 foiz ovoz töplab, yuqori natijalarga erişdi.

Bu partiya dasturining asosiy bandlaridan biri Kiyevga qurol yetkazib berişdan boş tortiş va Berlinning Ukrainada diplomatik yöllar bilan tinçlikka erişişga qaratilgan faoliyatini kuçaytirişdir. Ayrim kuzatuvçilar Sara Vagenknext siyosatini Kreml manfaatlariga xizmat qiladi, deb tanqid ostiga oladi. Biroq, uning özi bunday ayblovlarni rad etadi.

«Biz aytişimiz kerak: u (Sara Vagenknext) heç qanday kuç sarflamasdan farovonlikni va’da qiladi, u himoyasiz tinçlik va erkinlikni va’da qiladi, bu biz hozir körayotganimizdan tubdan farq qiladi», deb ta’kidladi Mers Bild naşriga bergan intervyusida.