Livanning «Hizbulloh» guruhi özining marhum rahbari Hasan Nasrullohning jasadini topdi. Bu haqda 29 sentabr, yakşanba kuni Reuters va AFP axborot agentliklari harakatning özidagi manbalariga tayanib xabar berdi. Ularning sözlariga köra, Nasrullohning tanasida oçiq jarohatlar yöq. Bu uning portlaş tölqini ta’siridan ölgan bölişi mumkinligini anglatadi.

«Uning jasadi şanba kuni topildi», dedi «Hizbulloh» manbasi jurnalistlarga. Unga köra, Nasrulloh bilan vidolaşuv va dafn marosimining sanasi hali belgilanmagan.

Nasrulloh 27 sentabr kuni Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) harakatning Bayrut çekkasida joylaşgan yerosti qömondonlik markaziga havo hujumi uyuştirişi natijasida halok böldi. Guvohlarning sözlariga köra, «Hizbulloh» qarorgohidan faqat xarobalar va 30 metr çuqurlikdagi ulkan öra qolgan. Nasrulloh Livandagi harakatga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan. U bilan birga guruhning yana bir qança yuqori martabali qömondoni, şuningdek, Eron ma’lumotlariga köra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qömondoni örinbosari halok bölgan.

Isroil Livan hududiga hujum qilişda davom etmoqda

29 sentabr kuni Isroil mudofaa kuçlari Livan janubida «Hizbulloh»ning yana 120 ta nişoniga zarba yöllagani haqida xabar berdi. Bu nişonlar orasida jangçilar qömondonlik punktlari, qurol-yaroğ omborlari va infratuzilma bölgan, deya aniqlik kiritdi TsAHAL.

Bundan taşqari, Isroil harbiylari guruhning yana bir qömondoni Nabil Kaukning yöq qilinganini e’lon qildi. «Hizbulloh» hozirça bu ma’lumotga izoh bermadi, biroq harakat tarafdorlari bir kun avval Kaukning ölimi haqidagi xabarlarni çop etişdi.

Al Jazeera telekanali Livan Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib, Isroilning Livandagi kun davomida bergan zarbalari natijasida 77 kişi halok bölganini ma’lum qildi. Ulardan qançasi «Hizbulloh» jangçilari ekanligi aniqlanmagan.

Şuningdek, Isroil harbiylari Livandan Isroil şimoliga otilgan snaryadni tutib olgani haqida xabar berişdi. Eng yirik port şahar Hayfa va uning atrofida sirenalar yangradi.