Kiyev Xitoy va Braziliyaning Ukraina uçun «tinçlik taşabbusi»ni tanqid qildi va Şveytsariyani uşbu hujjatni qöllab-quvvatlagani uçun qoraladi. «Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomiga aniq havola bölmagan va Ukrainaning hududiy yaxlitligini töliq tiklaşni kafolatlamaydigan har qanday taşabbuslar qabul qilinişi mumkin emas, bu kabi «tinçlik taşabbuslari» faqat muloqot illyuziyasini keltirib çiqaradi, tajovuzkor özining jinoiy harakatlarini davom ettiradi», deyiladi Ukraina TIV 28 sentabr, şanba kuni e’lon qilgan izohida. 

Hujjatda aytilişiça, Kiyev Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan taklif qilingan «tinçlik formulasi»ni «umumiy, adolatli va barqaror tinçlikka erişişning yagona yöli» deb biladi. «Ukraina uçun tinçlikka erişiş yöllarini muhokama qiliş uçun qöşimça format va platformalar yaratişga hojat yöq. Tinçlik formulasi barça ğoyalarni muhokama qiliş, turli qaraşlar va tuşunçalarni birlaştiriş uçun töliq vositalar va mos platformalarni taqdim etadi», — deya ta’kidlaydi Ukraina TIV.

Press-relizda aytilişiça, Ukraina nuqtayi nazaridan, barça tinçlik muhokamalari BMT Nizomiga asoslangan «Ukrainasiz Ukraina haqida heç narsa» tamoyilini hisobga olişi va xalqaro miqyosda Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişni öz içiga olişi kerak. 

Şveytsariya TIV vakili XXR va Braziliyaning tinçlik taşabbusi haqida

Avvalroq, 27 sentabr kuni Şveytsariya taşqi işlar departamenti (TIV) rasmiy vakili Nikolya Bido Keystone-SDA axborot agentligiga bergan izohida, uning mamlakati Xitoy va Braziliya tomonidan taklif qilingan Ukraina uçun tinçlik taşabbusini ma’qullaşini ma’lum qilgan edi. U öt oçişni töxtatişga çaqiradi va mojaroga siyosiy yeçim topişga qaratilgan.

Iyun oyida Byurgenştok kurort şahrida Ukraina böyiça Global tinçlik sammitiga mezbonlik qilgan Şveytsariya 27 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasi doirasida Xitoy va Braziliya taşabbusi bilan taşkil etilgan yiğilişga kuzatuvçi sifatida taklif qilindi.

«Biz uşbu uçraşuvda kuzatuvçi sifatida iştirok etdik va bu dinamikani qöllab-quvvatlaymiz», — deya Bidoning tadbir haqida sözlaridan iqtibos keltirdi Reuters. Şveytsariya TIV vakilining ta’kidlaşiça, aynan Xitoy tomonidan may oyida ilgari surilgan tinçlik taşabbusiga qöşilgan BMT Nizomiga havola Bernning uşbu hujjatga munosabatini özgartirgan.

«Öz navbatida, bu bizning uşbu taşabbusga bölgan nuqtayi nazarimizni sezilarli darajada özgartirişga olib keladi. Xitoy-Braziliya guruhi taşabbusi bilan boşlangan maxsus diplomatik sa’y-harakatlar bizni qiziqtirişi mumkin», — deya Bido sözlarini keltirmoqda Reuters.