Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Yerevanga taşrif doirasida Eron birinçi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref bilan ikki tomonlama uçraşuv ötkazdi. Bu haqda boş vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilişiça, ikki davlat rahbarlari tomonidan köp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlaş borasida salmoqli işlar amalga oşirilayotgani ta’kidlangan.

Uçraşuvda Hukumatlararo qöşma komissiyaning navbatdagi yiğilişi hamda uning doirasidagi biznes-forumga puxta tayyorgarlik köriş, davlatlar örtasida turli sohalarda sanoat kooperatsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalariga e’tibor qaratilgan.

Özbekiston hukumati delegatsiyasi Yerevanga taşrif doirasida Yevrosiyo iqtisodiy forumida ham iştirok etgan.

Boş vazir Abdulla Aripov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi Hukumat rahbarlari Kengaşining navbatdagi majlisida kuzatuvçi maqomida iştirok etiş uçun Yerevanga taşrif buyurdi.

Özbekiston boş vaziri öz nutqida prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligida amalga oşirilayotgan iqtisodiy islohotlar özining yuksak samaralarini berayotganini alohida ta’kidladi. Yiğiliş söngida Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va Özbekiston hukumatining 2024-2026 yillarga möljallangan qöşma tadbirlari rejasi imzolandi.