Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) mamlakatga Erondan 100 ga yaqin raketa uçirilganini xabar qildi.
Umuman olganda, Eron 250 tagaça raketa uçirişi kutilayotgani ta’kidlanmoqda. Havo hujumi haqida ogohlantiriş butun Isroil böylab yangramoqda.
«TsAHAL Isroil davlatining tinç aholisini himoya qiliş uçun barça zarur işni qilmoqda va qiladi», deyiladi bayonotda.
Isroil armiyasi aholini boşpana topişga va raketa tahdidi bartaraf etilmagunça u yerda qolişga çaqirdi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimi töliq işlamoqda, zarur bölgan joyda, hatto hozirgi paytda ham tahdidlarni aniqlaydi va töxtatadi. Biroq, mudofaa tizimi germetik emas, şuning uçun front orti qömondonligining körsatmalariga amal qiliş kerak», dedi TsAHAL vakili, kontr-admiral Daniel Hagari.








