Rossiya hukumati tergov izolyatorlarida (TIZO) saqlanayotgan 60 ming ayblanuvçining qariyb 40 foizini uruş hududiga jönatişi mumkin, deb xabar berdi «Vajnyye istorii» naşri 1 oktyabr, seşanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib.

Rossiya Davlat dumasi 2024 yil sentabr oyi oxirida sinov bosqiçida Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuzişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi. Ilgari bunday imkoniyat faqat tergov ostidagi yoki sudlanganlar uçun mavjud edi. Qonun hali kuçga kirgani yöq, biroq «maxsus harbiy operatsiya zonasi»da xizmatga jalb qiliş bilan şuğullanuvçi harbiy xizmatçilarga qança sudlanuvçi harbiy xizmatga yaroqliligini va ularning qançasi şartnoma imzolaşni xohlayotganini tahlil qiliş vazifasi yuklangan, dedi naşr suhbatdoşi.

Uruşga 20 mingga yaqin odam yuborilişi mumkin

Rossiyada jinoiy moddalar bilan işlayotgan advokatlarning «Vajnyye istorii»ga aytişiça, har bir tergov izolyatoridan 100 ga yaqin ayblanuvçi uruşga olib ketilişi mumkin. Rossiya Federatsiyasida 210 ta tergov hibsxonasi mavjudligi hisobga olinsa, 20 mingga yaqin odam jangga jönatilişi mumkin. Jami, Federal jazoni ijro etiş xizmati ma’lumotlariga köra, 2024 yil boşida Rossiya tergov hibsxonalarida 106 ming kişi bölgan.

Advokat Dmitriy Zaxvatov faol yollaş kampaniyasini Rossiya rasmiylarining safarbarlikning ikkinçi tölqinini e’lon qilişni istamasligi bilan boğlaydi. Şu bilan birga, huquqşunosning qayd etişiça, qonun qabul qilingunga qadar ham tergov izolyatorlarida Mudofaa vazirligi bilan şartnoma tuziş istagida bölganlar kam bölmagan. Boş ştabga yaqin bölgan «Vajnyye istorii» manbasi ayblanuvçilarni uruşga yuboriş qarorini mahbuslar oqimining kamayişi bilan boğlaydi. «Rossiyada yengil ayblovlar bilan qamalgan kontingentning muhim qismi allaqaçon elakdan ötkazildi, şuning uçun potensial mahbuslar bilan işlaş kerak bölyapti», dedi suhbatdoş.