1 oktyabr, seşanba kuni Tel-Aviv janubiy çekkasidagi Yaffoda sodir bölgan otişmada olti kişi halok böldi, kamida töqqiz kişi yaralandi, deb xabar berdi politsiya. Yaradorlardan tört nafarining ahvoli oğir. Ikki kişi ötkinçilarga qarata avtomatlardan öq uzgan. The Jerusalem Post naşrining xabar berişiça, hujumçilar huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan öldirilgan.
Isroil matbuotiga köra, hujumçilar köçada öt oçişdan oldin tramvayda öq uzgan, ular çiqişda kuzatuv kamerasi tomonidan tasvirga olingan. Politsiya voqea sodir bölgan hududda otişma sodir etganlarning kamida yana bir şerigi bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Tel-Avivdagi otişma Eron tomonidan amalga oşirilgan keng kölamli raketa hujumi sababli Isroilda havo trevogasi e’lon qilinişi fonida sodir böldi. Isroilga jami 200 ga yaqin raketa uçirildi.








