Yanvar-avgust oylarida Rossiya neftining Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga tranziti 2023 yilga nisbatan 30 foizga oşdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinçi örinbosari Pavel Sorokin ma’lum qildi.

«2024 yilda, yanvardan avgustgaça, [Rossiyadan Qozoğiston orqali] Özbekistonga neft yetkazib beriş 2023 yildagi körsatkiçlardan qariyb 30 foizga oşdi», dedi Sorokin.

U qozoğistonlik hamkorlarga «bu boradagi konstruktiv yondaşuvi uçun» minnatdorlik bildirdi. Rossiya neftining Qozoğiston orqali Xitoyga tranziti haqida gapirar ekan, Sorokin 2023 yilda Xitoyga yetkazib beriş hajmi 10 million tonnani taşkil etganini eslatdi. «Bu yil biz xuddi şunday körsatkiçlarga erişişni kutmoqdamiz», dedi u.

2023 yilda Rossiyadan Özbekistonga neft tranziti hajmi 154,3 ming tonnani taşkil qilgani haqida avval xabar berilgan edi. 2024 yil oxirigaça Özbekistonga neft yetkazib beriş hajmini 500 ming tonnadan oşiriş rejalaştirilgan.