Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Ğazo sektorida Xavfsizlik boşqarmasi (ISA) kuçlari bilan birgalikda Falastinning HAMAS harakati yuqori martabali uç nafar a’zosi öldirilganini ma’lum qildi. Ular orasida Ğazo sektoridagi HAMAS hukumatini boşqargan Rauhi Muştaha ham bor.
Isroil armiyasining aniqlik kiritişiça, operatsiya taxminan uç oy oldin bölib ötgan. Harakat vakillari Ğazo sektori şimolidagi yer osti majmuasiga Isroil havo kuçlari tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok böldi. TsAHAL ma’lumotlariga köra, unda qömondonlik va boşqaruv markazi joylaşgan. Rauhi Muştaha bilan birga xavfsizlik boşqarmasi boşliği Samih as-Siroj va qömondon Sami Auda ham öldirilgan.
«Majmuaga berilgan zarba va terrorçilar yöq qilinganidan söng, HAMAS öz a’zolari ruhini tuşirmaslik uçun ularning ölimi haqida e’lon qilmadi», deyiladi Isroil armiyasi xabarida.
Isroil harbiylariga köra, Rauhi Muştaha HAMAS harbiy qarorlarida iştirok etgan, harakatning fuqarolik ma’muriyatiga rahbarlik qilgan va moliyaviy masalalarga mas’ul bölgan. Oçiq ma’lumotlarga köra, Muştaha harakatning harbiy qanotining asosçilaridan biri bölgan. U 1988 yilda Isroil tomonidan hibsga olingan, biroq 2011 yilda isroillik askar Gilad Şalitga ayirboşlaş doirasida ozod qilingan.









