Isroil Yaqin Şarqda Eron ta’siridagi proksi guruhlarga zarbalar berdi. Tehron bunga javoban 1 oktyabr kuni Isroil tomon önlab raketalar uçirdi, Tel-Aviv ham keskin javob beriş haqidagi bayonotlar e’lon qildi. Isroilning nişonlari qaysi nuqtalar bölişi mumkin va Eronning javobi avvalgisidan nimasi bilan farqli böldi? Siyosatşunos Bektoş Berdiyev mintaqadagi sönggi voqealar yuzasidan öz fikrlarini bildirdi.
«Köpçilik ekspertlar Eronning ilğor raketalarga ega emasligini va Isroilga zarba bera olmasligini ta’kidlar edi. Ammo Eron «Hizbulloh» va Hamas rahbarlari öldirilişidan keyin özini qattiq kamsitilgandek his qilgandi va butun dunyo hamjamiyatiga bu kabi holatlar javobsiz qolmasligini körsatiş uçun uşbu raketa hujumlarini uyuştirdi», deyadi ekspert Bektoş Berdiyev.
U Eronning bu hujumi öziga moyil kuçlarni bir qadar ruhlantirişini ham körsatib ötadi.
2024 yil aprel oyida ham Eron Isroilga havodan hujum uyuştirgandi. Aprel oyidagi va 1 oktyabr kungi hujumlar orasida qanday farq bölişi mumkin?
Tahlilçi Eron oldingi hujumida dronlardan foydalangani, bu jarayon avvaldan e’lon qilingani, Isroil esa bunga tayyorgarlik körgani, bu safargi hujum esa ballistik raketalar bilan amalga oşirilganiga e’tibor qaratadi.
«Amerika razvedkasi Isroilni ballistik raketalar hujumidan ogohlantirgan edi. Va şunday hujum amalga oşirildi ham. Bu raketalar 1 daqiqada 200 kilometrdan ortiq masofaga uça oladi, ularning oğirligi 350-400 kilogrammgaça yetadi.
Va ularning yana bir xususiyati – nişonga yadro kallaklarini ham yetkaza oladi. Isroil uçib kelgan raketalar soni 200 dan ortiq bölganini bildirdi, «Fattoh» va «Şahob-3» kabi raketalar şular jumlasidan.
Eng ahamiyatlisi, Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi ham bu raketalarning barçasini uşlab qola olmadi. Bu Eron raketalarining tezligi va hajmi bilan boğliq bölgani uçun ham «Temir gumbaz» ularni töxtatib qola olmadi», deydi u.
Isroil Eronga albatta javob berişini aytdi, Bektoş Berdiyevning fikriga köra, Isroil Eronning harbiy inşootlariga, Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy binolariga hamda oyatulloh Xominaiyning boş qarorgohiga hujum uyuştirib, javob zarbasini berişi mumkin.
«Isroilning havodagi imkoniyatlari yuqori, agar raketalar bilan hujumga ötilsa, bu ballistik raketalar orqali amalga oşiriladi, şuningdek, F-35 samolyotlari aviabombalarni Iroq va Iordaniya ustidan Eronga yetkaza oladi.







