Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Vaşingtonga taşrifi davomida AQŞ prezidenti Donald Trampga «Hizbulloh»ga qarşi operatsiyani eslatib turiş uçun oddiy va oltin bilan qoplangan peyjyerlarni sovğa qildi.
«Bu ajoyib operatsiya edi», — dedi Tramp. U Netanyahuga birga uçraşuvida tuşilgan va «Bibi, buyuk yetakçiga» yozuvi tuşirilgan suratni sovğa qildi.
Netanyahu Trampga ikkita peyjyer sovğa qilgani haqida, şuningdek, TASSga Isroil hukumati rahbarining ofisi maslahatçisi Dmitriy Gendelman ham ma’lum qilgan.
17 sentabr kuni Livanda «Hizbulloh» tezkor aloqada foydalanib keladigan peyjyerlarda portlaşlar kuzatilgandi. Ertasi kuni ratsiyalar ham xuddi şu tarzda portlagan. Livan Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, portlaş oqibatida kamida 37 kişi, jumladan, bolalar ham halok bölgan, 3 mingga yaqin odam jarohat olgan.
Reutersʼning Livan maxsus xizmatlaridagi manbalariga tayanib ma’lum qilişiça, Isroilning «Mossad» razvedka xizmati operatsiyadan bir neça oy oldin «Hizbulloh» xarid qilgan 5 mingta peyjyerga portlovçi qurilmalarni örnatgan.
«Mossad»ning özini Gabriel deb atagan boşqa bir sobiq xodimi peyjyerlar amaliyoti 2022 yilda boşlanganini aytgan.
Peyjyerga portlovçi moddalarni örnatiş uçun isroilliklar Tayvanning Gold Apollo firmasining original mahsulotini kattalaştirişi talab etiladi.
«Men direktorimiz oldiga kirib, uning stoliga [peyjyerning yangi modifikatsiyasini] qöygan kunimni unutmayman. U ğazab otiga mingandi — deydi Gabriel. — U aytdi: heç kim heç qaçon bunday katta devaysni sotib olmaydi! Uni çöntakda olib yuriş noqulay! U oğir! Bu bölmaydi! Ket va boşqa variant bilan qayt». Gabrielning sözlariga köra, u ikki hafta davomida direktorni ularning yangi peyjyeri «xunuk bölsa ham, öziga xos bezagi borligi»ga işontiradi. Yakunda baribir köndiradi.









