Gvatemala xavfsizlik xizmati xodimlari odam savdosi bilan şuğullanuvçi jinoiy guruhga aloqador 25 nafar politsiya xodimini qölga oldi. Reuters xabariga köra, guruh asosan AQŞ sari yöl olgan migrantlar tomonidan foydalaniladigan marşrutlarda faoliyat yuritgan.
Gvatemala Içki işlar vaziri Fransisko Ximenes sözlariga köra, hibsga olingan politsiyaçilardan ikki nafari iste’foga çiqqan va yana 11 nafari «Los Rs» deb nomlanuvçi taşkilot nomidan pul yuvişda ham ayblanmoqda.
Qayd qilinişiça, Gvatemala önlab yillar davomida Lotin Amerikasi va boşqa mamlakatlardan kelgan va Meksika bilan AQŞ çegarasiga yöl olgan noqonuniy migrantlar uçun asosiy tranzit mamlakat hisoblanadi.
Mamlakat rasmiylarining aytişiça, guruh bir neça yil faoliyat yuritib, mahalliy valutada millionlab daromad olgan.

«Uşbu guruh politsiya xodimlaridan foydalangan, ularga pora bergan. Ular mamlakat böylab taşilayotgan noqonuniy migrantlarning xavfsizligini kafolatlagan», dedi Ximenes.
Içki işlar vazirligining ta’kidlaşiça, avvalroq, Özbekistondan kelgan 10 nafar migrantni Gvatemaladan noqonuniy olib ötgan ikki şaxs qölga olingan edi. Bu holatning tergovi yakunda guruhni yöq qilişga olib kelgan. Jinoiy guruhdan törtta avtomobil, öqotar qurol va naqd pullar musodara qilingan.
Ximenesning qöşimça qilişiça, Gvatemaladagi AQŞ elçixonasi va AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi tergovda hamkorlik qilmoqda.
AQŞ elçixonasining aytişiça, odam savdosi bilan şuğullanuvçi tarmoq 10 mingga yaqin migrantni ekspluatatsiya qilgan.
Avgust oyida Gvatemala va AQŞ rasmiylari hamkorlikda yana bir kontrabanda guruhi yöq qilinganini e’lon etgan edi. Uşbu guruh 2022 yilda Texasdagi yuk maşinasida böğilib qolgan 53 migrantning ölimiga aloqador bölgan.









