2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga amalga oşirgan hujumi bir yilligi arafasida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Falastin guruhini qoraladi va «dahşatga soluvçi zöravonlik va qon tökilişini» zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. «Şu kuni jahon hamjamiyati Hamasning harakatlarini, jumladan, odamlarni garovga olişini keskin qoralaşi kerak», — dedi Guterriş 6 oktyabr, yakşanbaga ötar keçasi. Şu bilan birga u Hamasni Qizil Xoç işçilariga garovga olinganlar bilan uçraşişiga ruxsat berişga çaqirdi.
«7 oktyabrdan beri dahşatli zöravonlik va qon tökişlar tölqini böldi, - dedi BMT boş kotibi. - Garovga olinganlarni ozod qiliş vaqti keldi. Qurollarni çetga qöyiş vaqti keldi. Azob-uqubatlarga çek qöyiş vaqti keldi. Bu mintaqada tinçlik, xalqaro huquq va adolat vaqti keldi». Guterriş, şuningdek, Isroil bilan harbiy mojaro «hayotlarni yöq qilişda davom etayotgani va Ğazo sektoridagi falastinliklarga, hozir esa Livan xalqiga çuqur insoniy azob-uqubatlar keltirayotganidan» xavotir bildirdi.
Isroil Livan bilan çegarada ikkinçi yopiq hudud haqida ma’lum qildi
Isroil mudofaa kuçlari 6 oktyabr kuni Livan bilan çegaradagi yana uçta hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. TsAHAL Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarga köra, «vaziyat baholanganidan söng» mintaqaga kiriş taqiqlangan.
Gap Isroil şimolidagi Manara, Iftah va Malkiya kibutsilari haqida bormoqda. 30 sentyabr kuni TsAHAL Metula, Misgav Am va Kfar Giladi jamoatlari atrofidagi hududlarni harbiy hudud deb e’lon qildi.
Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv
2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.









