Isroil razvedka xizmati «Mossad» tomonidan tayyorlangan Livandagi «Hizbulloh» jangçilari örtasida peyjyerlarni ommaviy ravişda portlatiş operatsiyasi «josuslik san’ati akti» bölib, sönggi paytlarda duşman tizimiga eng muvaffaqiyatli kirişlardan biriga aylandi. Bu haqda Amerikaning The Washington Post gazetasi 5 oktyabr, şanba kuni Isroil, arab va Amerika xavfsizlik xizmatlari vakillari, siyosatçilar, diplomatlar, Livan rasmiylari va «Hizbulloh»ga yaqin odamlardan olingan yangi tafsilotlarga tayanib yozdi.
Operatsiya ğoyasi 2022 yilda «Mossad»dan çiqqan
Reja 2022 yilda Tel-Avivdagi «Mossad» ştab-kvartirasida paydo bölgan, deydi bu masaladan xabardor Isroil va Amerika rasmiylari. U 2023 yil 7 oktyabrda Hamas guruhining Isroilga hujum qilişidan bir yildan köproq vaqt oldin, «Hizbulloh»qurollari tahdidining kuçayişi fonida amalga oşirila boşlandi.
Rejani amalga oşirişda bir neça mamlakatlardagi bir guruh operativ va beixtiyor şeriklar iştirok etdi va uning muvaffaqiyatli amalga oşirilişi Isroilni «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrullohni öldirişga undadi, deb ta’kidlaydi WP.
«Hizbulloh» Isroilda peyjyerlar işlab çiqarilişi haqida bilmagan
Tayvanning Gold Apollo işlab çiqaruvçisidan AR924 peyjyerlarini sotib oliş böyiça dastlabki taklif «Hizbulloh» tomonidan ikki yil oldin olingan. Suv ötkazmaydigan peyjyerlar kabel orqali zaryadlangan va qayta zaryadlanmasdan bir neça oy işlaşi mumkin edi. Livan guruhiga ularni jangçilar işongan Yaqin Şarqdagi Tayvan kompaniyasining savdo vakili sotib olişni taklif qilgan, deya qayd etadi naşr.
Şu bilan birga, peyjyerlarning haqiqiy işlab çiqarilişi autsorsingga berilgan va Gold Apollo savdo vakili qurilmalar «Mossad» nazorati ostida Isroilda jismonan yiğilganidan bexabar bölgan, deydi suriştiruv mualliflari.
Portlovçi moddani aniqlaşning imkoni bölmagan
WP manbalariga köra, peyjyerlarning akkumulyator blokida oz miqdorda kuçli portlovçi moddalar ehtiyotkorlik bilan yaşiringan bölib, «Hizbulloh» ularni na qurilmalarni qismlarga ajratiş, na rentgen nurlari orqali aniqlay olmagan. Bundan taşqari, jangçilar «Mossad»ning bu qurilmalarga masofadan ulaniş imkoni borligidan bexabar edi. Ular Isroil razvedka xizmatlari tomonidan kuzatilişi xavfi yöqligiga işonçi komil bölgan.








