Özbekiston yana kamida uç yil ekologiya va odamlar salomatligiga zararli AI-80 benzinidan hamon foydalanayotgan sanoqli davlatlar qatorida qoladigan böldi. Hukumat bu benzindan voz keçiş böyiça 2025 yilga möljallagan rejasini 2028 yilga keçiktirdi.

Özbekistonda avtomobil yoqilğisining Yevro-4 standartidan past turlari, xususun AI-80 benzinidan foydalaniş 2028 yildan boşlab töxtatiladi. Bu – çang böronlariga qarşi kuraşiş va havo sifatini yaxşilaş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisidagi prezident qarorida nazarda tutilgan.

Qayd etiş lozim, joriy yil boşida hukumat Ai-80dan voz keçişni 2025 yilgi maqsad deb e’lon qilgan edi. Buxoro neftni qayta işlaş zavodi ham 2025 yildan boşlab bu turdagi benzinni işlab çiqarişni töxtatişini bildirgan edi. Endilikda bu masala 2028 yilgaça keçiktirildi. Rasmiylar buni Buxoro neftni qayta işlaş zavodini modernizatsiya qiliş uçun vaqt kerakligi bilan izohladi.

AI-80 benzini Evro-4 standartidan past bölgan yonilği hisoblanadi. Bu standart Yevropa Ittifoqida 2005 yilda joriy etilgan. Umuman, Yevroittifoq yengil avtomobillar uçun Evro-1 dan Evro-7gaça bölgan emissiya standartlari işlab çiqqan bölib, bu orqali atmosfera havosini toza saqlab qoliş uçun avtomobillarning zaharli gazini çeklaş maqsad qilingan. Yevropa Ittifoqi 2015 yilda Evro-6 standartini ham joriy etgan, bir qator hududlarga bu standartga javob bermaydigan transport vositalarining kirişi taqiqlanib, qoidani buzgan haydovçilarga jarimalar belgilangan.

AI-80 sanoqli mamlakatlarda qolgan

Hozir dunyo böyiça işlab çiqarilayotgan deyarli barça avtomobillar yuqori oktanli yoqilğida işlaşga möljallangan. AI-80 kabi past oktanli turlari yonişi natijasida köp miqdorda uglerod oksidi va yonmagan uglevodorodlar kabi ifloslantiruvçi moddalar hosil böladi. Bu esa aholi salomatligiga zararli. Qolaversa, transport çiqindilari iqlim özgarişini ham tezlaştiruvçi omillardan biri hisoblanadi. Şu sababli köplab mamlakatlar ekologik qoidalarni borgan sari qattiqlaştirib boryapti.