Falastinning Hamas harakati jangçilarining hujumi bir yilligi munosabati bilan Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil Ğazo sektoridagi harbiy operatsiyani davom ettirişga tayyorligini tasdiqladi. «Biz kuraşni davom ettiramiz va birgalikda ğalaba qozonamiz», dedi u 7 oktyabr, duşanba kuni e’lon qilingan videomurojaatida.

Netanyahuning ta’kidlaşiça, 7 oktyabr «kelajak avlodlar uçun uyğonişimiz narxining ramzi bölib, ularga bizning qat’iyatimiz va ruhimiz kuçini isbotlaydi». U Ğazo sektoridagi uruş maqsadlarini sanab ötdi: Hamasni ağdariş, barça garovga olinganlarni ozod qiliş, kelajakda Ğazodan Isroilga har qanday tahdidning oldini oliş, mamlakat janubi va şimolidagi aholini öz uylariga qaytariş. «Mamlakatimizda duşman bizning mavjudligimiz va tinçligimizga tahdid solayotgan ekan, Ğazoda öğirlab ketilganlar bor ekan, biz kuraşni davom ettiramiz», — dedi boş vazir.

7 oktyabr voqealari: BMT boş kotibi mintaqada tinçlikka çaqirdi

2023 yil 7 oktyabrda Hamasning Isroilga amalga oşirgan hujumi bir yilligi arafasida BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Falastin guruhini qoraladi va «dahşatga soluvçi zöravonlik va qon tökilişini» zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. «Şu kuni jahon hamjamiyati Hamasning harakatlarini, jumladan, odamlarni garovga olişini keskin qoralaşi kerak», — dedi Guterriş 6 oktyabrga ötar keçasi. Şu bilan birga u Hamasni Qizil Xoç işçilariga garovga olinganlar bilan uçraşişiga ruxsat berişga çaqirdi.

«7 oktyabrdan beri dahşatli zöravonlik va qon tökişlar tölqini böldi, - dedi BMT boş kotibi. - Garovga olinganlarni ozod qiliş vaqti keldi. Qurollarni çetga qöyiş vaqti keldi. Azob-uqubatlarga çek qöyiş vaqti keldi. Bu mintaqada tinçlik, xalqaro huquq va adolat vaqti keldi». Guterriş, şuningdek, Isroil bilan harbiy mojaro «hayotlarni yöq qilişda davom etayotgani va Ğazo sektoridagi falastinliklarga, hozir esa Livan xalqiga çuqur insoniy azob-uqubatlar keltirayotganidan» xavotir bildirdi.