Ekologiya vazirligi xabariga köra, huquqbuzarlar jami 116 dona oq sila, tovon baliq, zoğora baliq hamda oq qayroq ovlagan. Oqibatda tabiatga 41 mln söm zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 90-moddasi (ov qiliş va baliq ovlaş qoidalarini, şuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanişning boşqa turlarini amalga oşiriş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. 

Reyd davomida topilgan 3 ta qayiq hamda 2 ming metrdan ziyod leskali törlar holatga oydinlik kiritilgunga qadar vaqtinça saqlaş uçun Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi omborxonasiga joylaştirildi. 

Töplangan hujjatlar holatga qonuniy baho beriş uçun fuqarolik işlari böyiça Toşkent viloyati Örta Çirçiq tuman sudiga yuboriladi.