Slovakiya boş vaziri Robert Fitso 7 oktyabr, duşanba kuni Ukraina ğarbidagi Ujgorodda ukrainalik hamkasbi Denis Şmihal bilan uçraşdi. Uçraşuvda energiya xavfsizligi, infratuzilma loyihalari sohasidagi hamkorlik, şuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Şveytsariyadagi sammitda taqdim etgan «tinçlik rejasi»ni qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.

Robert Fitsoning aytişiça, Slovakiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişini «sözsiz» qöllab-quvvatlaydi. Boş vazirning sözlariga köra, Bratislava integratsiya jarayoniga heç qanday tösiq qöymaydi. Şu bilan birga, bu Ukrainaning NATOga potensial kirişiga taalluqli emas, dedi Fitso. «Ukrainaning NATOga a’zo bölişi haqida gap ketganda, biz özimizni tiyib turibmiz, ammo Yevropa Ittifoqi misolida yuz foiz siz tomondamiz», deb ta’kidladi u.

Bir kun avval Fitso STVR telekanaliga bergan intervyusida Slovakiya boş vaziri lavozimini egallab turgan paytda Ukrainaning NATO a’zoligiga rozi bölmasligini aytdi. Siyosatçining fikriça, Ukrainadagi uruş «ruslarni tiz çöktiriş» uçun «Ğarb tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani» uçungina davom etmoqda. Şuningdek, u 2025 yilda Ikkinçi jahon uruşi tugaganining 80 yilligi munosabati bilan Moskvaga taşrif buyurişni rejalaştirayotganini aytdi.

Fitso uruşdan keyin RF bilan munosabatlarni tiklaşni yoqlab çiqdi

Agar Ukrainadagi uruş Slovakiyaning amaldagi hukumati mandati davomida, ya’ni 2027 yilgaça yakunlansa, bu YeI mamlakati boş vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqi va Rossiya örtasidagi «iqtisodiy va normal» munosabatlarni tiklaş uçun hamma narsani qiliş niyatida. Fitsoning Slovakiya va Ukraina hukumatlari örtasidagi maslahatlaşuvlar arafasida bergan bu bayonoti haqida 3 oktyabr kuni Aktuality internet naşri xabar berdi.

«Yevropa Ittifoqiga Rossiya Federatsiyasi kerak, Rossiya Federatsiyasiga, albatta, Yevropa Ittifoqi kerak», dedi Slovakiya boş vaziri hukmron koalitsiyadagi partiyalar vakillari bilan birgalikda matbuot anjumanida.