Toşkentda 9-10 oktyabr kunlari «Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024» II Xalqaro kiberxavfsizlik sammiti bölib ötadi. Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 60 ga yaqin kompaniya, 120 dan ortiq delegatlar iştirok etişi kutilmoqda.

Qayd etilişiça, sammitda Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Turkmaniston, Tojikiston, Qozoğiston kabi 10 dan ortiq xorijiy davlatlarning kiberxavfsizlik masalalarida vakolatli organlari va xalqaro taşkilotlar — Xalqaro elektraloqa ittifoqi, FIRST, OIC-CERT hamda SABABA, Check Point, Cloudflare, Fortinet, Group-IB, Trend Micro kabi kompaniyalar iştirok etmoqda. Bundan taşqari, kibermakonda malakali mutaxassis, haker Jyeyson Stret ham öz taqdimoti bilan qatnaşadi.

«Sammitning yuqori darajali qaror qabul qiluvçilar, kiberxavfsizlik böyiça ekspertlari auditoriyasi dinamik global xavfxatar manzarasini va mintaqa mamlakatlariga raqamlaştiriş orqali taqdim etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlardan töliq foydalanişda qanday yordam berişi mumkinligini örganadi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, sammitning umumiy mavzusi raqamli dunyoda kiberxavfsizlikning ahamiyati: yeçimlar, tahdidlar va hamkorlik, muhim infratuzilma va biznes aktivlarini himoya qilişga qaratilgan. Bu yilgi sammitda 60 ga yaqin ma’ruzaçilar öz kompaniyalari va takliflarini taqdim etadi.

Şu bilan birga, ikki kunlik sammit doirasida «Cyberkent 2.0», CTF (oçiq topşiriqlar), «Robbo-Fest» yoş avlod uçun taşkil qilingan robototexnika musobaqalari, şuningdek, «Cyberkent 2.0» respublika musobaqasi doirasida «Workshop» seminar-treningi bölib ötişi rejalaştirilgan.