Ukraina böyiça ikkinçi tinçlik sammiti noyabrda bölmaydi, dedi konferensiyalarni tayyorlaşga mas’ul bölgan Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatçisi Darya Zarivna.
Biroq, uning sözlariga köra, sammit uçun hamma narsa noyabrgaça tayyor bölişi kerak. «Hozirça «tinçlik formulasi»ning har bir bandi böyiça tematik konferensiyalar ötkazilmoqda, ular kommyunike qabul qilinişi bilan yakunlanadi. Uşbu bildirişnomalar qoidalari ikkinçi sammitning tinçlik rejasi uçun asos böladi», dedi Zarivna.
Şundan söng Zarivna oktyabr oyida «tinçlik formulasi» bandlari böyiça bir qator tematik konferensiyalar ötkazilişini, ularning oxirgisi 30–31 oktyabr kunlari bölib ötişini qöşimça ravişda tuşuntirdi. Konferensiyalar yakunida ikkinçi tinçlik sammitining sanasi masalasi hal qilinadi. Konferensiyalarda kimlar iştirok etayotgani aniqlanmagan.
Ukraina prezidenti devoni ikkinçi tinçlik sammiti sanasini rasman e’lon qilmagan va unga tayyorgarlik köriş jadvaliga izoh bermagan.
2024 yil iyulida, Rossiya taklif etilmagan birinçi tinçlik sammitidan bir oy ötib, Bloomberg AQŞ prezidenti saylovidan oldin Ukraina ikkinçi sammitni ötkazişni rejalaştirayotgani haqida xabar berdi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ikkinçi sammit qaçon ötkazilişiga aniqlik kiritmadi, biroq bir neça bor unda Rossiya vakili bölişi kerakligini, çunki aks holda natijaga erişiş mumkin emasligini aytdi. AQŞ Davlat departamenti, öz navbatida, agar Ukraina Rossiyani ikkinçi tinçlik sammitiga taklif qilişga qaror qilsa, uni qöllab-quvvatlaşini bildirdi. Rossiya rasmiylari taklif qilingan taqdirda ham sammitda iştirok etmasligini ta’kidlab kelmoqda.








