Germaniya federal hukumati joriy yil uçun iqtisodiy prognozini özgartirdi va dastlabki taxminlardan farqli ölaroq, endi retsessiya davom etişini kutmoqda. 9 oktyabr, çorşanba kuni e’lon qilingan rasmiy prognoz 2024 yil oxiriga borib Germaniya yalpi içki mahsuloti 0,2 foizga qisqarişini körsatmoqda.

Şunday qilib, bu yil uçun prognoz avvalgisiga nisbatan sezilarli darajada yomonlaşdi, dedi Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Habek Berlinda. Bahorda Germaniya hukumati 0,3 foizlik iqtisodiy ösişni kutgan edi.

Buning sababi iste’mol talabining zaif ösişi, şuningdek, yuqori foiz stavkalari va beqaror geosiyosiy vaziyat tufayli kompaniyalarning past investitsion faolligi, deya ma’lum qildi hukumat.

Kelgusi yillar uçun prognoz biroz yaxşilanadi

2025 yilda iqtisodiyotning tiklanişi kutilmoqda, kelgusi yil uçun iqtisodiy prognoz biroz yaxşilandi. Hukumat iqtisodiyotning bir neça oy oldin 1,0 foiz örniga 1,1 foizga ösişini kutmoqda.

Optimistik ssenariy iqtisodiy ösişni jonlantiriş böyiça yaqinda qabul qilingan çora-tadbirlar töplamining jadal amalga oşirilişi oqibatlaridan kelib çiqadi, investitsiyalar kiritayotgan kompaniyalar uçun soliq imtiyozlari, mehnat bozoriga keksa va xorijiy işçilarni jalb qiliş, byurokratiyani kamaytiriş va kompaniyalar uçun energiya narxini pasaytiriş şular jumlasidan. Bundan taşqari, hukumat nemis sanoat mahsulotlariga eksport talabining tiklanişiga umid qilmoqda, bu esa yana köproq sarmoya kiritiş imkonini beradi.

Yetakçi iqtisodiy institutlar retsessiyani prognoz qilmoqda

Joriy yil uçun rasmiy prognozning qisqarişi ajablanarli emas, çunki Germaniyaning yetakçi iqtisodiy institutlari sentabr oyi oxirida Germaniya iqtisodiyoti bu yil biroz qisqarişini kutayotganliklarini bildirgan. YaIMning 0,1 foizga biroz ösişi örniga, ular 0,1 foizlik iqtisodiy qisqarişni taxmin qildi.

DIW, IWH, IfW, ifo va RWI institutlari tomonidan tayyorlangan iqtisodiyot holatining qöşma tahlili rasmiy prognoz uçun asos bölib xizmat qiladi, bundan, öz navbatida, soliq tuşumlari prognozi tuziladi.