Qamal qilinayotgan Jabaliya, Yahyo Sinvarning buyruği va keyinroqqa qoldirilgan «Ramştayn» - kun dayjesti
|18:47 / 10.10.20249 4789 min
Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.
Ğazodagi vaziyat
Isroil armiyasining Ğazoga hujumlari qaytaladi. Sektorning şimolidagi Jabaliya mavzesida joylaşgan Al-Yaman as-Said şifoxonasi yaqinidagi otişmalarda 16 nafar falastinlik öldirilgan.
Şifoxona direktori Kamol Advan Husam Abu Safiyaning ma’lum qilişiça, 16 nafar halok bölganlar içida ayollar va yoş bolalar ham bor. Ularning köpçiligi tiriklay yonib ketgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlardan körinişiça, şifoxona yaqinidagi qoçqinlarning çodirlariga ham zarar yetgan. Şu sabab ayollar va yoş bolalar ham yonib ketgan.
Ğazo sektori şimoliy qismining Isroil tomonidan okkupatsiya qilinişi tört maqsadni közlaydi, deb yozmoqda Isroil ommaviy axborot vositalari.
Közlangan maqsadlarga köra, Isroil HAMAS jangçilarini qurşab oliş, infratuzilmani vayron qiliş, hududdan turib raketa uçirilişiga çek qöyiş, şuningdek Isroil bilan çegaralarga çiqişga monelik qilişni közlamoqda.
WALA yangiliklar saytining ma’lum qilişiça, Isroil armiyasi janubiy qömondonligining brigada generali Itsik Koen qömondonligi ostidagi 162-diviziyasi uzoq muddatda Ğazo sektori şimolidagi Jabaliya mavzesida keng kölamni operatsiya ötkazişni möljallamoqda.
Hujumlar nafaqat Ğazo sektorida, Falastinning Ördun daryosining ğarbiy sohilidagi qismida ham davom etmoqda. HAMAS qarşilik harakati esa çorşanba kuni Isroil maxsus kuçlari tomonidan Ğarbiy sohilda joylaşgan Nablus şahrida ötkazilgan operatsiya «Okkupatsiyaning terroristik tarixini davom ettiruvçi şafqatsiz jinoyat» ekanini ta’kidlagan.
HAMAS Nablusdagi falastinliklarning ölimi yuzasidan ta’ziya bildirdi va Ğarbiy sohildagi qarşiliklar repressiyalarga qaramasdan qarşilik harakati sönmasligini bildirgan. Taşkilot maqsadli qotilliklar siyosati Falastin xalqining kuraşga bölgan irodasini sindira olmasligi va qat’iyatini söndirmasligini ta’kidlagan.
HAMAS şuningdek Ğarbiy sohildagi falastinliklarni ommaviy namoyişlarga, Isroil okkupatsiyasiga qarşi turişni faollaştirişga, barça hududlardagi majburiy köçirilganlarni öz yerlarini va muqaddas manzilgohlarini himoya qilişga çaqirgan.
Mavzuga oid
Yahyo Sinvarning buyruği
Ançadan buyon daragi çiqmay ketgan HAMAS yetakçisi Yahyo Sinvar Isroilda terrorçilik aktlari sodir etişga buyruq bergan.
Ismoil Haniya Tehronda öldirilgaç Yahyo Sinvar HAMASda yetakçi rolga çiqib qolgan. Wall Street Journal va Times of Israel naşrlari arab maxsus xizmatlarining nomini oşkor etmagan xodimlariga tayanib, Yahyo Sinvar HAMAS yetakçilariga şu yilning iyul oyida Haniyaning ölimidan söng darhol Isroilda turli terrorçilik aktlari uyuştirişga buyruq berganini yozmoqda.
Biroq, HAMASning yuqori martabali a’zolari Sinvarning buyruqlarini bajarişga şoşilmayapti, çunki Isroil razvedkasi rejalaştirilgan terrorçilik harakatlariga qarşi samarali kuraşmoqda, deb yozilgan maqolada.
Maqolada şuningdek, Sinvar «Isroilning irodasini bukiş uçun» jangçilarga ötgan oyda HAMAS holdan toydiruvçi uruş olib borişga tayyor ekani töğrisida xat jönatgani haqida gap boradi. Wall Street Journal naşri ma’lumotlariga köra, HAMASning Qatardagi vakillari Sinvarning xatti-harakatlarini «buyuklik maniyasi» deb ataşgan va u özining Isroilga qarşi uruşdagi rolini «borgan sari dabdabali ohanglarda» tasvirlaşga ötgani qayd etilgan.
Falastin böyiça muzokaralar
Misr poytaxti Qohira şahrida yagona Falastin böyiça muzokaralar ötkaziladi.
Muzokaralarda Falastinning HAMAS va FATH harakatlari yetakçilari qatnaşadi. Bu haqda Reuters agentligiga HAMAS rasmiy vakillaridan biri xabar bergan.
HAMAS siyosiy rahbarining ommaviy axborot vositalari böyiça maslahatçisi Tohir al-Nununing sözlariga köra, HAMAS delegatsiyasi Qohiraga seşanba kuni yetib kelgan. Delegatsiyaga HAMASning muzokaraçisi va ikkinçi yetakçisi, ayni paytda Qatarda istiqomat qilayotgan Xalil al-Hayya boşçilik qilmoqda.
«Uçraşuvda Isroilning Ğazo sektoridagi agressiyasi hamda Falastin işi oldida turgan masalalar muhokama qilinadi», — degan Nunu.
Uşbu uçraşuv har ikki guruh iyul oyida Xitoy poytaxti Pekin şahrida ötkazgan va birlik hukumati tuzişga kelişib olingan muzokaralardan keyin ötkazilayotgan ilk uçraşuv bölmoqda.
Eronga qarşi çoralar
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va AQŞ prezidenti Jo Bayden çorşanba kuni telefon orqali Tel-Avivning Eronga nisbatan köradigan çoralarini muhokama qilgan.
Suhbat mazmuni hozirça oşkor qilinmagan, biroq Isroilning Eron raketa hujumiga javobi, jumladan Erondagi qaysi obektlarni nişonga oliş mumkin-mumkinmasligi muloqotning boş mavzusi bölgani aytilmoqda.
Avvalroq Netanyahu Isroilga hujum qilib «Eron katta xatoga yöl qöygani» va «bu işi uçun albatta javob berişi»ni ta’kidlagan edi.
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant esa 1 oktyabr kuni röy bergan Eronning yopirilma raketa hujumiga javoban Tel-Aviv Eronga hujum qiliş niyatidan aslo qaytmasligini bildirgan.
«Eronning hujumi tajovuzkor böldi, biroq aniq bölgani yöq. Bizning javob hujumimiz esa aksinça, ajalvor, nihoyatda aniq, eng asosiysi — mutlaqo kutilmaganda böladi. Ular nimalar bölgani va bu qanday sodir bölganini tuşunmay qolişadi. Ular şunçaki oqibatlar bilan röbaro‘ bölişadi», — deya Gallantning sözlarini keltirmoqda Isroilning 12-telekanali.
Ukrainaga yordam
Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 35 mlrd yevro taqdim etişga kelişib oldi. 9 oktyabr, çorşanba kuni Bryusselda erişilgan kelişuvga köra kredit Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromaddan foydalangan holda tölanişi kerak.
Uşbu mablağlar Ukrainaga ötgan yozda G7 mamlakatlari tomonidan Italiyada qabul qilingan va Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan pullari hisobidan moliyalaştiriluvçi 50 mlrd dollargaça kreditni öz içiga olgan yordam paketining bir qismi böladi.
Yevropa Ittifoqi Kengaşining uşbu qarori endi rasmiy protsedura orqali tasdiqlanişi kerak, bu boşqa narsalar qatori Yevropa parlamentining roziligini ham talab qiladi. Maqsad — kreditni keyingi yil içida Ukrainaga ötkaziş, keyinçalik uni tölaş maksimal 45 yil içida amalga oşirilişi lozim.
«Ramştayn» keyinroqqa qoldirildi
Amerikadagi dovul tufayli Germaniyada şu kunlarda ötkazilişi kerak bölgan, Ukrainaga harbiy yordam böyiça «Ramştayn» formatidagi muzokaralar bekor qilindi. Sammitga 20 ga yaqin davlat yoki ularning hukumatlari yetakçilari kelişi va unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy özining «ğalaba rejasi»ni taqdim etişi rejalaştirilgan edi. Şuningdek, Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini ajratiş muhokama qilinişi lozim edi.
Sammit Floridaga yaqinlaşib kelayotgan «Milton» töfoni sabab AQŞ prezidenti Jo Bayden iştirok eta olmagani uçun boşqa sanaga qoldirilgan.
Avvalroq, Jo Bayden «Milton» töfoniga tayyorgarlik köriş va unga javob berişni nazorat qiliş uçun» sammitga borişdan boş tortgan edi. Bu Amerika prezidentining qirq yil içida Germaniyaga birinçi davlat taşrifi bölişi kerak edi.
Meksika körfazidan Florida qirğoqlariga yaqinlaşib kelayotgan «Milton» töfoni Saffir-Simpson şkalasi böyiça beşinçi, maksimal toifaga ega böladi.
Şamol tezligi soatiga 250 kilometrdan oşişi kutilmoqda, bu esa katta miqyosda vayronagarçilik, hududlarning izolyatsiyasiga olib keladi. Zararlangan hududda bir neça oy davomida avvalgi hayotga qaytiş imkoni bölmaydi.
Ştatda evakuatsiya işlari olib borilgan, aviareyslar bekor qilingan.
Dovul esa Florida ştatiga çorşanba kuni keçqurun yetib kelgan. Dovulning dahşatli kadrlari ham e’lon qilina boşlandi.
Relokantlarning mulklari xatlanadi
Rossiyada mamlakatni tark etgan fuqarolarning mol-mulkini xatlaşga ruxsat berilişi mumkin. Tatariston Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulkini xatlaş huquqini beradigan qonun loyihasini Davlat dumasiga kiritadi.
Bu haqda Tatariston Davlat kengaşi qömitasi raisi Aleksandr Çubarov ma’lum qilgan. Uning aytişiça, kodeksga kiritiladigan özgartiriş orqali mamlakatni tark etgan şaxslarga nisbatan iş qözğatilgan taqdirda, ularning Rossiya hududidagi mol-mulkini xatlaş imkoni beriladi.
Qonun loyihasiga köra, «Rossiya Federatsiyasi manfaatlariga qarşi» har qanday harakatlar uçun emigrantlarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilişi mumkin. Xususan, bu ekstremizm, söz erkinligini suiiste’mol qiliş va «Rossiya armiyasini obrösizlantiriş» bilan boğliq moddalarga ham taalluqli.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan söng keyingi 100 yil içida Rossiyada eng yirik siyosiy immigratsiya röy bergan. Qisman harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan söng u yanada kuçaygan. 2024 yilning iyul oyi holatiga 700 mingdan ortiq relokantlar Rossiyaga qaytmagan.