Qrimdagi eng yirik neft bazalaridan birida Ukraina Qurolli kuçlari hujumidan keyin kelib çiqqan yonğinni uç kundan beri öçirişning imkoni bölmayapti. Feodosiyadagi terminalda yuzaga kelgan yonğin 9 oktyabr holatiga köra, 2,8 ming metr kvadratni egallab bölgan. Favqulodda xizmatlar vakillarining sözlariga köra, hozirda törtta sisterna yonmoqda.

«Alanganing har birida 5 ming metr kub neft mahsulotlari bölgan ikkita siğimga ötiş xavfi bor edi, hozirça buning oldi olindi», — deyiladi xabarda.

FVVga köra, ayni vaqtda alanga öçoğini öçiriş, şuningdek, qöşni rezervuarlarni sovitiş işlari amalga oşirilmoqda. Idora vakillarining ta’kidlaşiça, aholiga heç qanday tahdid yöq va tezkor holat «töliq nazorat ostida».

9 oktyabr tongida favqulodda vaziyatlar hududidan 1129 kişi evakuatsiya qilingan. Qrim rahbari Sergey Aksenov aholini «sarosimaga berilmaslikka» çaqirib, vaziyat «federal markaz nazorati» ostida ekanini ma’lum qildi. Şuningdek, u yonğin tufayli «mol-mulkidan ayrilgan» insonlarga töliq kompensatsiya tölanişini va’da qildi.

Şahar aholisining aytişiça, 8 oktyabr kuni soat 18:00 da yana portlaş ovozlari eşitilgan. Bundan bir neça soat oldin şaharliklarning Telegram-çatlarida yonğin hududidagi «benzin boçkalari işib ketgan» va «bir sutka içida portlaş yuz berişi» haqida yozilgan. Neft terminali hududida umumiy siğimi 258 ming metr kubga yetadigan 43 ta sisterna mavjud. Mahalliy aholiga köra, 8 oktyabr kuni ularning yettitasi yongan.

Ukraina Qurolli kuçlari (UQK) Feodosiyadagi neft bazasiga 7 oktyabrda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tuğilgan kunida hujum qildi. Ayrim ma’lumotlarga köra, zarbalar Amerikaning ATACMS raketalari yordamida amalga oşirilgan. Şahar hukumati kommunal xarakterdagi texnogen favqulodda vaziyat rejimini joriy qilgan.

UQK Boş ştabi neft bazasiga berilgan zarbalarni tasdiqlab, u yerdan «Rossiya Federatsiyasining bosqinçi armiyasi ehtiyojlarini qondiriş maqsadida ham» foydalanilganini bildirdi.