Tesla rahbari Ilon Mask Kaliforniyadagi Warner Bros studiyasida Cybercab kompaniyasi tomonidan yaratilgan robotaksi prototipini namoyiş etdi, deb xabar beradi BBC.
Haydovçisiz boşqariladigan avtomobil Maskni ançadan buyon qiziqtirib keladi va u bunday avtomobillarga oid ança dalil prognozlarni qilgan. Ilon Maskka köra, bu turdagi avtomobillar insonlar hayotini saqlab qolişga xizmat qiladi va ularni ijaraga beriş orqali daromad köriş mumkin böladi.
Ammo u Tesla’ning «Biz — robotmiz» tadbirida sahnaga çiqqaç, kompaniya bu ambitsiyalarni amalga oşira oladimi, degan şubhalarni tarqatib yuborişi kerak. Loyiha şundoq ham keçikişlar bilan ketyapti — u avgust oyida işga tuşirilişi kerak edi. Ayrim tahlilçilarning sözlariga köra, bu hamyonbop elektromobillarni işlab çiqarişga bel boğlagan kompaniyaning e’tiborini öziga tortmoqda.
Şu bilan birga, Alphabet kompaniyasiga tegişli Waymo haydovçisiz boşqariladigan avtomobillari hozirda AQŞning ayrim yöllarida harakatni boşlagan. Maskning aytişiça, Tesla robotaksisining işga tuşirilişi oxirgi daqiqalarda kiritilgan özgarişlar bois keçiktirilgan.
Ma’lumotlarga köra, Cybercab ikkita örindiq va kapalaknusxa qanotga ega böladi. U lidar kabi lazerli datçiklardan farqli ölaroq, yöllarda harakatlanişda kameralar va hisob kombinatsiyasidan foydalanadi.
Dunyoda haydovçisiz boşqariladigan avtomobillar sektori kengayib bormoqda. Waymo oktyabr boşlarida özining robotaksi parkiga Hyundai Ioniq 5 ni qöşişini ma’lum qilgandi. Uber taksi xizmati ham özining avtoparkini şu turdagi avtomobillar bilan boyitiş ustida iş olib bormoqda.
Mask Cybercab’ning narxi 30 ming dollardan kam bölmasligini bildirgan.












