Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish tartibi tasdiqlandi
Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i qabul qilindi.
Hujjat bilan Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanmoqda.
Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan jamiyatlarda egalik qilish rejasi joriy etilishi shart. Boshqa AJlar egalik qilish rejasini o‘z ixtiyoriga ko‘ra joriy etishi mumkin. Bunda ular Nizom talablariga rioya etishlari kerak.
Egalik qilish rejasini joriy etish jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiradi.
Egalik qilish rejasi doirasida xodimlarni jamiyat aksiyalarini sotib olishga yoki aksiyalarga doir opsionni sotib olishga majbur qilish taqiqlanadi. Shuningdek, xodimlarga aksiyalarni sotish uchun ularning ish haqi, mukofotlar, ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va boshqa to‘lovlaridan ushlab qolish taqiqlanadi.
Egalik qilish rejasi haqidagi hujjat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Egalik qilish rejasi haqidagi hujjatda jamiyat tomonidan xodimlarga aksiyalarni sotish yoki aksiyalarga doir opsionni sotish (berish) shartlari va tartibi hamda egalik qilish rejasi bilan bog‘liq boshqa muhim shartlar ko‘rsatiladi.
Jamiyat egalik qilish rejasi joriy etilganligi haqidagi axborotni u joriy etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida o‘z veb-sayti va Korporativ axborotning yagona portalida joylashtirish yo‘li bilan oshkor qilishi shart.
Jamiyat egalik qilish rejasi haqidagi hujjat tasdiqlangan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay ushbu hujjat bilan barcha xodimlarni tanishtirishi lozim.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OAV: O‘zbekistonga 2017-2024 yillarda 188 mlrd dollar investitsiya kiritildi
Iqtisodiyot | 07:51
-
Peskov: Kiyev bilan munosabatlar - Moskva «vazifalari» bajarilganidan keyin
Jahon | 07:44
-
Ekspert: Rossiya harbiy xarajatlari SSSR darajasiga yaqinlashdi
Jahon | 07:37
-
Elektromobillardan foydalanishni ommalashtirish to‘g‘risidagi qarorga qo‘shimcha kiritiladi
Avto | 07:27
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

10:48 / 08.05.2025
Top-menejerlarga fidutsiar majburiyat yuklash: afzalliklar va risklar

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

11:58 / 11.03.2025