Kuni keça “Milton” töfoni sodir bölgan Florida ştatining Orlando şahrida minglab özbekistonlik oilalar istiqomat qiladi. Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan Sohib Abbosxon bu kabi töfonlar Atlantika qirğoqlarida har yili bölişini aytdi. Unga köra, bu safar tabiiy ofatning kuçi kutilganidan ança kam bölgan, asosan Floridaning sohil böyidagi hududlari jabrlangan.
Joriy yil 9 oktyabrdan 10 oktyabrga ötar keçasi AQŞ janubi-şarqiga yopirilgan “Milton” töfoni Floridaning markaziy qismi böylab ötdi. Natijada tornado hodisalari, kuçli yomğirlar oqibatida önlab uylarni vayron qildi, millionlab xonadon va korxonalar elektr ta’minotidan uzilgan. “Milton” beşinçi toifali töfon sifatida boşlangandi, ammo quruqlikka yetib kelganida meteorologlar uning darajasini quyiroqqa tuşirdi. Hozirda töfon allaqaçon okeanga ötib, tarqab ketib böldi.
Kun.uz muxbiri Florida ştatining eng köp özbekistonliklar yaşaydigan Orlando şahridagi yurtdoşimiz Sohib Abbosxon bilan boğlanib, tabiiy ofat haqida gaplaşdi.
– Qança vaqtdan buyon AQŞda yaşaysiz? Bu kabi töfon, tornadolar kabi tabiat hodisalari AQŞda, ayniqsa, okeanlar böyida joylaşgan ştatlarda qançalik tez böladi, bunga aholining, jamiyatning munosabati qanday? Odamlarda qörquv böladimi?
– Deyarli 8 yildan buyon Qöşma Ştatlardaman, Florida ştatiga köçib kelganimga 4 yildan oşdi. Demakki köproq vaqtim şu yerda ötgan. Atlantika okeaniga yaqinmiz – 60 mil (96,5 km). Dam oliş kunlari “çorvoqqa çiqqandek” okeanga borib kelamiz.
Bunaqa hodisalar har yili böladi, ba’zi yillarda 2-3 marta ham böladi. Töfonlarning darajalari bor. Masalan, bu “Milton” töfonini ham boşida yuqori – 5 daraja deb e’lon qilişdi. Keyin uni 1-darajaga tuşirib qöyişdi. Lekin baribir odamlarni evakuatsiya qilişdi. Men uyimdan çiqmadim. Keça keçqurun töfon boşlanganida ham tanişlarimni uyiga maşina borib keldim. Orlandoda bunçalik kuçli bölmadi. Payşanba tongida biroz kuçaydi, şamolda köçadagi ba’zi narsalar ağdargan ekan xolos.
– Bunday tabiiy ofatlar vaqtida evakuatsiya – majburiy böladimi yoki xohlaganlar qolaveradimi?
– Ixtiyoriy böladi, lekin biror narsa bölsa, javobgarlikni özidan soqit qiliş uçun ogohlantiriladi. Florida ştatining gubernatori Ron DeSantis ham OAV orqali, fuqarolardan çiqib ketişni qattiq iltimos qilib, e’lon berdi. Çiqib ketganlarning köpligi tufayli yöllarda ham katta tirbandliklar böldi. Lekin bular hammasi ixtiyoriy böladi. Masalan, 2 yil oldin bölgan "Ian" töfoni Orlandoga kuçli ta’sir qilgan edi. Asosiy trassalardan boşqa kiçik yöllarni 1 metrgaça suv bosgandi. Lekin bu safar Orlandoda hamma joy qup-quruq, daraxtlarning ba’zi kiçik şoxlari singan xolos. Ştatning qirğoq hududlarida bir oz talafotlar bölgan, lekin u ham kutilganidek juda katta zarar keltirmagan.







