Ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi yöq bölgan kam sonli maşhurlardan biri Rodri – Amerikadagi va universitet yotoqxonasidagi hayoti, «Siti»ga ötişda Buskets bilan maslahatlaşgani va finaldagi goli haqida gapirib berdi.
«Mançester Siti» klubi va Ispaniya milliy jamoasi yetakçisi va bugungi kun futbolining eng kuçli tayanç yarimhimoyaçilaridan biri — Rodri «The Player’s Tribune» naşriga intervyu berib, özining maydondagi va hayotdagi «olami» haqida gapirib berdi.
«Men doim jamoadoşlarimga inglizça emas, amerikança gaplaşişimni aytaman. Ular ustimdan kulişni yaxşi körişadi. Doim şunday. Odatda, kiyadigan ust-boşimni deb masxara qiladilar. Lekin köpinça hazillar mening gapiriş tarzim haqida böladi. Boisi, men tilni London yoki Mançesterda örganmaganman. Men ingliz tilini Konnektikutda örganganman — amerikan lahjasida gaplaşaman.
Körib turganingizdek, oilamda ta’lim juda muhim masala edi va otam doim mening Amerika maktabida bir yil bölsa ham öqib qaytişimni istardi. Lekin mening futbolçi böliş orzum bunga yöl qöymagan. Şuning uçun, 14 yoşligimda yozgi ta’til vaqtida Konnektikutdagi yoğoçdan qurilgan lagerlardan biriga borganman va ingliz tilini öşa yerda örganganman. Hatto ştat nomi ham madridlik kiçik bolakayga kulgili tuyulardi.
Lekin yetib borganimda xuddi Hollivud kinolaridan birining içiga tuşib qolgandek his qilganman. Kinolarda köramizku: bolalar yozgi lager uçun köl böyidagi yam-yaşil joyga borişadi, kanoelarda köl böylab suzişadi, daraxtlarga tirmaşib çiqişadi, çaylalarda uxlaydilar va payraxalar bilan olov yoqişadi… Men borgan joy rostdan ham şunday edi. Gulxan atrofida marşmellou va biskvitlar yerdik. Şokolad berişardi. Buni söz bilan tasvirlab beriş qiyin edi. Telefon yöq, Wi-Fi yöq, men begona yurtda yangi döstlar orttirişim kerak edi. «Salom, men — Rodrigoman, Madriddan», derdim özimning arang suhbat quradigan ingliz tilim bilan. Bolalar mening ustimdan kulişardi. «Xöp, yigitlar, qaçon futbol öynaymiz», derdim. Ular esa «Ha, keçroq futbol öynaymiz, teridan töp yasab, bir-birimizga uloqtiramiz, NFLdagidek». Men esa hayron qolardim. «Yigitlar, men futbol (soccer) öynamoqçiman», desam, ular buni rad etişardi.
Aksiga olib, u yerga 2010 yilgi jahon çempionati boşlanganida borgandim. Internet yöqligi sababli heç narsadan xabarsizligimdan siqilardim. Lekin lagerimizning asosiy xonasida kompyuter bölardi va konsulimizdan har uçraşuvdan söng natijalarni körib berişini iltimos qilardim. Ispaniya birinçi uçraşuvda Şveytsariyaga yutkazib qöygandi, eslasangiz. Ular menga buni aytişganda ustimdan kulişyapti, deb öylaganman. «Şveytsariyaga? Aminmisiz? Töğri qidirdingizmi özi?» Vaqt ötaverdi, Ispaniya esa yaxşiroq öynaşda davom etdi. Pley-off — ular hamon ğalaba qozonmoqda. Germaniyaga qarşi yarimfinal vaqtida guruh bilan kanoe sayohatiga çiqqandik va tyutorimdan har daqiqada hisobni körib berişini sörab turardim. Vanihoyat, lagerga qaytganimizda menga kimdir Ispaniya finalga çiqqanini aytdi. Men heç qaçon uyimdan bu qadar uzoqda turib, özimni uydagidek his qilmagandim. Hissiyotimni tasavvur qilyapsizmi?!
Mavzuga oid
Final uçun lager konsuliga kompyuteridan öyinni köriş uçun yalinganim esimda. U rozi bölgandi va 10 dyumlik ekranli noutbukida körganman. Menga farqi yöq edi, nimada bölsa ham, uçraşuvni körsam böldi edi. Men öşanda qanday qilib buni uddalaganimizni bilmayman. Balki, öşanda qandaydir qaroqçi sayt orqali uçraşuvni tomoşa qilgandirman, lekin atrofim töla befarq amerikaliklar bilan finalni çeksiz hayajon içida tomoşa qilganim hanuz yodimda. Iniyesta gol urgaç, men qiçqirib köl böylab, «Yaşasin Ispaniya», deb yugurgandim. Amerikaliklar boşlarini sarak-sarak qilişar, meni aqldan ozgan, deb öylaşardi.
«Bu ispaniyalik bola şu futbolga yiğlayaptimi?» deb menga hayrat içra qarab turişardi. Ular bu men uçun qanday ahamiyatga ega ekanini tuşunmaganlar.
Butun umrim davomida mana şu ikki dunyo: futbol va haqiqiy olam örtasida yaşadim. Ba’zida bolalar mening öta oddiyligim ustidan kulişardi. Lekin siz onamdan sörab körsangiz, mening oddiylikdan qançalar yiroq bola ekanimni aytib beradi. Futbol masalasida men giyohvanddekman. Agar oddiyligim ijtimoiy tarmoq yoki qandaydir 400 funtlik şalvorlarga qiziqmasligimni anglatsa, ha, şundayman. Bolaligimdan hissiyotlar ortidan quvadigan odam bölganman. Men futbolçi bölişni «Ferrari» minib yuriş uçun xohlamaganman. Mening qahramonlarim maydonda meni tirilişga majbur qilgani uçun uni sevganman. 5 yoşimdan beri mahallamizdagi maydonda futbol öynaganlarimizni eslayman. Keçgaça öşa yerda futbol öynardik, keyin esa qöşnilar bilan birga keçki ovqat qilardik. 10 yoşlarimda öşa maydonçada futbol öynasag-u, men yaxşi harakat qila olmasam, kun böyi ota-onamga gapirmay yurardim. Özimdan qattiq xafa bölardim. Onam menga qarab, «bunga nima balo böldi? Bor-yöği öyin-ku», deb öylagan bölsa kerak.
Lekin futbol men uçun doridek bir narsa edi. Şuning uçun, ota-onam bilan kelişib olgandik. Oçiği, bu borada bevosita qandaydir suhbat bölganmi yoki yöq — eslolmayman. Biroq, bu xuddi özaro anglaşilgan narsadek edi: agar men futbolçi bölişni istasam, universitetga ham kirişim kerak edi. Şuning uçun 17 yoşligimda Madriddan Vilyarrealga köçib ötganman va futbol bilan bir qatorda öşa yerdagi «Haume I» universitetida tahsil ola boşlaganman. Esimda, birinçi öquv yilida «Vilyarreal» akademiyasi yotoqxonasida yaşab, öqişga ham öşa yerdan qatnardim. Keyingi yil esa 18 yoşga kirdim va men akademiyada qoliş uçun «qarib qoldim». Onam menga universitet yotoqxonasiga köçib ötişni taklif qildi. Men xöp dedim va öşa yerda yaşay boşladim.
Menimça, bu Britaniyadagi yotoqxonalarga juda öxşaş: barça uçun bitta umumiy kir yuviş xonasi, çömiliş xonalari, kafeteriya va koridor böylab köplab eşiklar. Hamma bir-biriga qöşni, sizning öz yoğoç divaningiz, yoğoç stolingiz bor. Menda televizor yoki PlayStation yöq edi, faqat noutbukim. Tongda «Vilyarreal» maşğulotlariga, kunning ikkinçi yarmida universitetga va tunda… Albatta, bu yoşlarga töla universitet yotoqxonasi edi. Har juma oqşomida qaysidir xonada önlab yigit-qizlar yiğilib, öyin-kulgi boşlab, keyin esa klubga ketişardi. Men ham yotoqxonadagi yiğin boşlanişiga özimning gazli suvimni kötarib kirib borardim, ular men futbolçi ekanimni ham bilmas edi. Bir neçta pivo butilkalarini böşatgaç, ular klubga yöl olar, men esa sezdirmay ğoyib bölib qolardim. Bir kuni yigitlardan biri, «nega sen heç qaçon biz bilan aylangani çiqmaysan. Bu qanaqasi, oğayni», deb qoldi. Men esa unga futbolçi ekanim va tongda maşğulotim borligini aytgandim. Ular menga işonmagan va sudrayverib hol-u jonimga qöymagan.
Öşa vaqtlarda hali ham ikkinçi jamoa bilan şuğullanardim. Heç kim edim, maşinam ham bölmagan. «Vilyarreal» maşğulot bazasiga maşinada 15 daqiqada yetib borsa bölardi, biroq har kuni taksiga tölaş uçun pulim yetmasdi. Men velosipedimda tramvay stansiyasigaça borib, uni tramvayga olib çiqib, undan tuşgaç ham yana pedallarni tez-tez bosgança baza tomon otilardim. Vanihoyat, men haydovçilik guvohnomamni oldim va otamga qönğiroq qildim: «Menda 3000 yevro pul bor, qarangçi, menbop birorta maşina topilib qolarmikan». Bir neça kundan keyin u menga qönğiroq qildi: «Men bir maşina topdim. Bir keksa ayol öz ulovini sotmoqçi ekan. 4000 yevro sörayapti, lekin maşinada kompyuter (monitor nazarda tutilmoqda) bor ekan». Men uçun bunday pulga «kompyuterli» maşina xarid qiliş ajoyib kelişuvdek tuyuldi. U menga maşinani olib kelib bergan, bu «Opel Corsa» edi. Maşinaga ötiriboq ekranni titkilaşni boşlaganman, ekranga bir teginiş orqali radioni yoqiş mumkin edi. Menga rosa yoqqandi. Men har kuni şu maşinada maşğulotlarga borardim. Döstlarim ustimdan kular edi, lekin menga buning ahamiyati yöq: menga maşina yoqqandi.
Keyingi yil La Ligadagi ilk uçraşuvimni ötkazdim va kursdoşlarim aqldan ozay deyişgandi, nazarimda. Ular menga aytib berişgandi: «Futbolni körib ötirsam, pastki qavatdagi yigit ekranda paydo böldi. 6-raqam pozitsiyasida öynayotgan futbolçi biz bilan hisoblaş kursida öqiydigan bola edi». Ular bunga işonişmasdi. «Bu rostdan ham öşa futbolçimi? Google’dan qidirib körçi?! Yöq, bu ikkisi bitta Rodrigo bölişi mumkin emas, bunday ismlilar juda köp». Keyin esa men köproq uçraşuvlarda maydonga tuşa boşladim va kursdoşlarim menga «hoy, sen keça «Barselona»ga qarşi öynagan eding-ku, darsda nima qilyapsan?» deyişardi. Ispaniyada biz Angliyada öynaladigan Fantasy Football’ga öxşaydigan Comunio nomli öyin öynaymiz: futbolçilarni sotib olasan va menejer sifatida jamoani boşqarasan. Şanba oqşomida yotoqxonaga kelsam, ba’zi yigitlar menga: «Bu nimasi, oğayni, menga atigi 3 oçko berding, xolos», derdi. Men esa kulib qöyardim.
Öşa davrlar hayotimning eng quvnoq davrlari edi. Bilmadim qanday, lekin universitetga qaytsam, miyam xuddi boşqa dunyo, aniqroği haqiqiy olamga qaytgandek his qilardi. U yer mendan futbol dastlabki yillarda beradigan bosimni kötarib turardi. Men ayolimni ham öşa yerda uçratganman. U doktorlik uçun öqirdi. Senga bir gap aytaymi, unga mening futbolimning umuman qiziği yöq edi. U «Selta»dagi durang haqida eşitişni umuman xohlamasdi.
Öqituvçilarim köz oldida men şunçaki bittasi edim. Ispaniyada universitet bu — universitet. U yerga bordingmi, işlaşing kerak. Şunday ekan, kiçik xonamda noutbukim bilan ötirar ekanman, qilayotgan işimga şu qadar berilib ketardimki, butun olam haqida unutardim. Bir kuni imtihonga tayyorlanayotgandim, telefonim ovozsiz rejimda edi. Ança vaqtdan söng, tanaffus oliş uçun telefonimga qarasam, 20 ta SMS, 50 ta WhatsApp qönğiroği, 10 taga yaqin ötkazib yuborilgan qönğiroqlar. Nima böldi, kimdir öldimi, deb öylaganman. Jamoadoşim qönğiroq qildi — göşakni kötardim:
— Rodri, qayerdasan?
— Qayerda bölardim, şu yerda. Universitetda.
— Murabbiy seni izlayapti. Hamma seni qidiriş bilan ovora.
— Nimalar deyapsan?
— «Valensiya» bilan öyinimiz bor. Hammamiz avtobusdamiz.
— Qöysangçi, oğayni, «Valensiya» bilan öyin ertaga…
E, Xudo, yöq. Maktab vaqtida imtihon yodingizdan çiqib qoladi va u yerga borganingizdan söng barçasi yodingizga tuşadi-ku. Menda xuddi şunday böldi. Faqat imtihondamas, La Liga bahsi avvalidan. «Yaxşi, avtobus ketaversin, men sizlarga mehmonxonada qöşilaman», deb aytdim. Men şu qadar tezlikda kiyimimni kiyib, maşinamga otildimki, yölda ham «Opel»imni Jyeyms Bonddek haydadim. Valensiyadagi mehmonxonagaça 1 soatlik yöl edi va men yetib borganda jamoaviy yiğiliş ötkazilayotgan edi. Men «uyga vazifamni it yeb qöydi», deb bahona qiladigan maktab bolasi holatida edim. Va bilasanmi, bu bahonam futbolga ötmadi. Öşa kuni dabdalam çiqqandi. Lekin bu menga dars böldi va ikkala olamim örtasidagi muvozanatni yaxşiroq uşlaşim kerakligini anglab yetdim. Sayohatim davomidagi har bir xatomdan nimalarnidir örganib kelyapman. «Vilyarreal»da professionallikni örgandim. Futbolçidan professionalga aylandim.
«Atletiko»da bir mavsum öynaş uçun uyga qaytganimda raqobatbardoşlik ham juda muhimligini angladim. «Vilyarreal»da töp bilan yaxşi öynardim, lekin juda ham yengil edim. Simeone qöl ostida «yomon bola» bölişni örgandim. Maydonda biroz qinğir işlarni ham qilişga töğri kelişini angladim — rosmana podkat taşlaş nimaligini tuşundim. 90 daqiqa davomida raqiblarning jahlini çiqarişga harakat qildim. Bu ham katta futbolçiga aylanişimdagi muhim bir davr, kerakli unsur böldi.
Keyingi mavsumda «Siti»ga ötdim va bu men uçun orzu edi. U yerga borişdan avval Buskets bilan gaplaşdim. U menga: «Pepmi? U seni yaxşiroq futbolçiga aylantiradi. Lekin seni tinç qöymaydi. Uning qöl ostida heç qaçon özingni rivojlantirişdan töxtamaysan». Serxio Gvardiola qöl ostida menikiga öxşaş vazifani bajargan va ulkan yutuqlarga erişgandi va men uning sözlariga işondim. U haq edi. Pepning qolganlardan farq qilib turuvçi jihati doim bir qadam oldindaligida. U doim atrofidagi öyinni rivojlantirişdan oldin özini östirişga harakat qiladi. U ötgan mavsumda işlatgan uslubi bilan qolib ketişni yoqtirmaydi, biz doim yakuniga yetgan mavsumni tahlil qilib çiqib, yangiliklar ustida işlaymiz. Siz bir joyda qotib turib, ketma-ket 4 marta APLda ğolib böla olmaysiz. Özingizni qayta kaşf qilasiz, yoki ölasiz. Men Pep haqida gapirayotganimda barçasini qöllarim bilan körsatib berişim kerak. Menga bitta stol va qandaydir buyumlar, masalan, kofe idişlari kerak böladi va men ularni xuddi şaxmat stoli ustida donalarni joylaştirgandek harakatlantirib, sizga gapimni Pep uslubida tuşuntirib bera olaman: «sen u yerga, u esa mana bu yerga boradi, narigi esa mana bu yerda böladi va bang — gol».
Mening rivojlanişimda Pep navbatdagi muhim unsurni qöşdi — men u bilan maydonni boşqaça köra boşladim. Men öyinni his qila boşladim: qaçon böşliqlarga tomon yuriş kerak, qaçon kuraşga kirişiş kerak. Qaçon bosim qiliş, qaçon yengilroq harakatlaniş… Uning işonçi men uçun muhim edi. Çunki 2019 yilda bu yerga kelganimda kiyim almaştiriş xonasiga Aguero, Fernandinio, David Silva, Kevin De Bryuyne kabi afsonalar bilan kirib borardim. 12 yoşligimda Aguero «Atletiko»da öynardi va uning maşğulotlarini tomoşa qilgani borardim. U mening qahramonlarimdan biri edi. Keyin esa u bilan yonma-yon ötirdim. Buni tasavvur qila olasizmi?
Aguero va Otamendi doim mening ustimdan kulişardi. Faqat kiyadigan liboslarim uçun emas, har safar avtobusga çiqqaç qalliğim bilan FaceTime orqali gaplaşganim uçun. U doktor, men futbolçi bölganimdan keyin, bizda bir-birimizdan uzoqda bölmaslik va FaceTime orqali gaplaşişdan boşqa yeçim bormi? Yöq. albatta. Yutamizmi-yutqazamizmi, baribir, unga qönğiroq qilardim. Yutsak-ku, hamma bayram qilib men bilan işi bölmasdi. Lekin yutqazganimizdan keyin ham u bilan odatdagidek gaplaşaverardim. Qalliğim bilan gaplaşganda men universitetdagi öşa Rodrigoga aylanib qolaman. Öşa vaqtda hammaning boşi egilgan, hamma jim böladi, men esa doimgidek baland ovozda: «Ha, oçiği, bugun rasvo öynadik. Ha-ha, durang öynab qöydik. Ha, asabim buzilib turibdi. Mayli, bularni qöy, özing qalaysan?...» Bir neça marta Aguero va Otamendi meni çetga tortib: «Seni Pep eşitadi. Bunday paytda bunaqa ovozda telefonda gaplaşib bölmaydi», deb aytişgandi. Men esa: «Ha, qalaysan, bugun yutdik. Lekin men baribir öynolmadim. Neftlix köryapman, deysanmi? Nima yeyapsan?»… Yigitlar mendan telefonni olib qöyişga harakat qilişardi: «Rodri senga telefon qilib yuboradi. U ketişi kerak. Rodri, telefonni qöy». Men esa pinagimni buzmay, u bilan gaplaşaverardim.
Maydondan çiqar ekanman, doim oyoqlarim yerdaligiga işonç hosil qilişga harakat qilaman. Odamlar bu odatimni ba’zida notöğri talqin qilişlarini bilaman. Albatta, futbolçilar atrofida juda köplab marketing va media işlaydi. Biroq men heç qaçon ular uçun özimni körsata olmayman, sun’iylik qölimdan kelmaydi. Bir gal fotosessiyada qatnaşdim va fotograf mendan kitob bilan rasmga tuşişni söradi. Ertasigayoq universitetdagi döstlarimdan: «Qöysangçi, oğayni, sen kitob öqişni yoqtirmaysan-ku», degan gaplarni eşitdim. Şunday ekan, ijtimoiy tarmoqlarda körgan hamma narsangizga ham işonavermang, real hayot umuman boşqaça.
Sönggi yillarda «Siti» bilan bizga ança omad kulib boqyapti. Lekin ğalabalar paytida sen şunçaki hayotdan zavq olasan. Qaçonki, mağlubiyatga uçray boşlasang, rosmanasiga muvaffaqiyatsizlikka uçrasang, öşanda ösasan. 2021 yildagi «Çelsi»ga qarşi Çempionlar Ligasi finalidan söng, oila a’zolari uçun ajratilgan kiçik hududga ötdim va ota-onam va aka-ukalarimni körib, bir oğiz ham gapirolmay qoldim. Bu xuddi öşa 10 yoşligimda uyimiz oşxonasida onamga bir oğiz gap aytmay ötirgan paytga öxşardi. Öşanda özimga: «Men buni ortiq his qilişni xohlamayman. Men yaxşiroq işlaşni va bundanda kuçliroq böliş yölini topişim kerak».
Hozir çempion bölib, dunyo tepasiga çiqqan kunimizdan beri mendan heç kim öşa 2021 yilgi final haqida söramaydi. Lekin, menimça, bu hayotimdagi eng muhimlaridan biri. Har bir muvaffaqiyatli lahza ortida hayotdagi qandaydir muvaffaqiyatsizlik yoxud qiyinçilik turadi. 2023 yilgi finalda gol urganimda ham bu heç qanday hisob-kitob qilingan narsa emasdi. Barçasi öşa 20 yil avval men uyimiz yonidagi boğda öynab yurgan kezlarimdan beri men bilan birga bölgan hissiyot natijasi edi. Agar Bernardu içkariga töp uzatgan vaziyatni körsangiz, meni topa olmaysiz. Çunki men ança orqada edim, menga töp kelişining imkoni yöq edi. Lekin qandaydir içki hissiyot sabab ixtiyorsiz ravişda içkariga bir qadam qöydim. Lekin 100 dan 99 holatda Bernardu töpni bu yerga uzatmasdi. «Mana şu öşa birgina lahza bölişi mumkin», dedim özimga. Oldinga yurdim va töp meni topdi. Bir qadam orqaroqda bölsam ham keçikardim. Vanihoyat, töp men tomon sakrab kela boşladi va miyamda millisoniyalar içida ming öy aylandi: «U kelyapti. Nima qilaman? Qattiq tep — bomba. Şoşma, bu axir uçraşuvdagi birgina imkoniyating bölişi mumkin. Faqat aniq tep. Sen boğda öynayapsan. Törga taşlab qöy. U keldi, tep». Bularning bari — oniy çaqmoq uzra keçgan xayollar. Goldan söng muxlislarimiz tomon tizzada sirpanib bordim va öyladim: «20 daqiqa, yana 20 daqiqa bor, jin ursin»…
Bu 6-raqam pozitsiyasidagi futbolçining öy-fikrlari. Biz öşa 20 daqiqa mobaynida rosmanasiga qiynaldik va huştak çalindi. Bu men umr böyi izlagan hissiyotlar edi. Bu mening gol urganim bilan aloqador hislar emas. Barçasi 90 daqiqa jamoam bilan qiyinçilikka uçrab, yakunda ğalaba qozonganimizdan edi. Bu meni Mançesterdagi birinçi kunimdan qöllab kelgan muxlislarga trebl sovğa qiliş quvonçi edi. Bu «Siti» şarflarini taqib olgan bolakaylar yuzlarida körgan tabassumlarim uçun edi. Oilamni quçib hayqirgan sözlarim uçun edi: «Biz bu la’natini yutdik».
Bu — dori. Sen şuning uçun futbol öynaysan.
Yevroda ham xuddi şunday böldi. Bu xuddi şoirona qahramonlik asariga öxşaydi. Ayniqsa, ikkinçi bölimni maydon taşqarisidan tomoşa qilganim uçun ham şunday his qilganman. Bir neça lahzaga nazoratni qöldan çiqardim. Men turnir avvalidan özimga yetakçilikni qölga olişim kerakligini aytgandim. Men kiyim almaştiriş xonasidagi eng yoşi katta futbolçi emasdim, lekin bizda dahşatli darajada yoş bölgan bir neça futbolçilar bor edi. Ularga maydondagi bosim borasida yordam berişni xohlagandim. Niko va Lamin uşbu yozda erişgan yutuqlari haqida öylasam, ular uçun juda ham xursand bölaman. 17, 22 yoşda mana bunday katta turnirda, seni butun vataning tomoşa qilayotganini bilib turgan holatda öynaşni aqlbovar qilmaydi. Ularning yoşida men qanday yaşaganimni bilsalar, esdan oğib qolsalar kerak.
2-bölimda maydon taşqarisida ötirişimni soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanayotgan maşinaning içida böla turib, uning boşqaruvida bölmagan odamning holatiga öxşatişim mumkin. 85-daqiqada gol urganimizda Mikel Oyarsabal tarafga şunday tezlikda yugurdimki, birinçi bölim davomida maydonda ham bunday yugurmagan bölsam kerak. Öz vataning uçun yutiş — boşqaça hissiyot. Men xuddi öşa uyimiz oldidagi boğda öynab yurgan bolaga qaytib qolgandek böldim. Konnektikutdagi lagerda jahon kubogini yutganimizda köl böylab yiğlab yugurgan Rodrigoga aylandim. Siz nafaqat qaysidir şahar, balki butun bir mamlakatni baxtiyor etganingizni his qilasiz. Köplab odamlar, köplab avlodlarni xuşnud etganingizni tuyasiz. Yangidan yangi bolalar mana şu hisni tuyişlariga sababçi bölasiz. Men kabi neçtasi Lamin Fransiyaga yoki Mikel Angliyaga gol urganda köçalarda qiçqirgança yugurgandir. Minglarça. Millionlarça: «Yaşasin, Ispaniya!»
Men bu hisni bilaman. Sof baxt. Yer yuzidagi barça kitoblar, hisob-kitoblar va buxgalterlik kurslariga hurmat saqlagan holda aytamanki, dunyoda bu hisni taqdim eta oladigan birgina narsa bor. Bu — futbol. Yaratganga futbol uçun şukrlar bölsin»