Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroilning Ğazo sektoridagi agressiyasi davom etmoqda. Nusayrat va Jabaliya qoçqinlar lagerlariga berilgan zarbalar natijasida kamida 14 kişi halok bölgani xabar qilinmoqda.

Eksklavning markaziy qismidagi Nusayrat lagerida joylaşgan uy öqqa tutilişi oqibatida 7 kişi öldirilgan. Jabaliyada ham isroillik harbiylar şunça odamni öldirişgan.

Guvohlarning sözlariga köra, Isroil qöşinlari 12 oktyabr tunidan buyon Jabaliya, Bayt Laxiya va Bayt Xanun tumanlarini yopirilma artilleriya zarbasiga duçor qilgan. Köplab odamlar yaralangani ham xabar qilinmoqda.

2023 yilning 7 oktyabridan buyon davom etayotgan agressiya natijasida Ğazo sektorida halok bölgan falastinliklar soni 42 ming 175 nafarga yetgan. 98 ming 336 kişi yaralangan.

Livandagi vaziyat

Isroil armiyasi Livanning janubiga xalqaro konvensiyalar bilan taqiqlangan kassetali bombalar bilan hujum qilgan.

«Hizbulloh» tomonidan e’lon qilingan yozma bayonotga köra, Isroil Livan janubidagi Xonin va Tayri şaharçalariga ana şunday bombalar taşlagan.

«Isroilning Falastin va Livan xalqiga nisbatan jinoyatlari röyxatiga yangi yovuzlik sahifasi qöşildi», — deyiladi «Hizbulloh» bayonotida.

Isroil armiyasi Livan janubidagi 2 ta masjidni ham vayron qilgani xabar qilinmoqda. Ular Sur va Nabatiya şaharçalarida joylaşgan.

Anadolu agentligi muxbirining xabar berişiça, Sur şahrining Daxira mavzesida joylaşgan masjid Isroil armiyasi tomonidan bombalanib vayron qilingan.

Isroil harbiylari Daxira mavzesiga yaqin Jardih harbiy zonasini qisman yorib ötişganidan söng masjidda portlaş röy bergan.

Tarqatilayotgan ma’lumotlarga köra, Isroil şifoxonalar va tez yordam maşinalariga ham hujum qilmoqda. «Hizbulloh» bayonotiga köra, agar Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan siyosiy va harbiy qöllov bölmaganida Isroilda heç qaçon bunday yöl tutişga jur’at topilmagan bölar edi.