Şavkat Mirziyoyev Kelesdagi özgarişlar, Zangiota va Yangiyöldagi loyihalar bilan tanişdi
|23:39 / 14.10.202417 2039 min
Prezident Toşkent viloyatiga taşrifi davomida Toşkent tumani markazining yangi qiyofasini közdan keçirdi, Zangiotadagi avto ehtiyot qismlar zavodi va Yangiyöldagi “Tinçlik” kiçik sanoat zonasida yölga qöyilgan sanoat loyihalari bilan tanişdi.
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Toşkent viloyatida bölib, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanişdi. Davlat rahbari dastlab Toşkent tumaniga taşrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmatining qayd etişiça, ilgari bu tumanning markazi yöq edi. Keles yöli köçasi böylab yangi bino va majmualar qad kötargaç, hududning qiyofasi tamoman özgardi. Xususan, Keles yöli köçasi kengaytirilgan holda qayta qurildi. Uning ikki tarafida Davlat xizmatlari markazi, Yoşlar markazi, madaniyat saroyi, amfiteatr, universal sport majmuasi, xotira maydoni va sayilgoh kabi körkam inşootlar barpo etildi.
Eski, pastqam uylar örnida 41 ta köp qavatli turar joy qurildi. Endi ulardagi 2 536 ta xonadonda 11 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Bu uylarning yertöla va birinçi qavatida savdo, umumiy ovqatlaniş, maişiy va moliyaviy xizmatlar böyiça 270 ta şoxobça taşkil qilinmoqda. Ularda 1 350 kişi, jumladan, şu yerlik yoşlar va ayollar işli böladi.
Davlat rahbari uşbu bunyodkorlik işlarini közdan keçirdi.
Renovatsiya loyihasida ijtimoiy infratuzilmaga katta e’tibor qaratildi. Markaziy şifoxona, tumanlararo perinatal markaz, bolalar boğçasi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman tarixi muzeyi işga tuşirildi. Özgarişlar faqat tuman markazida emas. Hududda yaqin-yaqingaça içimlik suvi muammo edi. Osiyo taraqqiyoti banki mablağlari hisobidan 4 ta havza qurilib, 365 kilometr quvur tortildi. Natijada 36 ta mahalla aholisi toza içimlik suvi bilan ta’minlandi. Oxirgi uç yilda tumanda 218 kilometr içki yöllar ta’mirlanib, asfalt yotqizildi. Bunday işlar yana davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Şu yerda Toşkent tumanida tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholini iş bilan ta’minlaş va kambağallikdan çiqariş masalalari yuzasidan mutasaddilarning hisoboti eşitildi. Joriy yilning 6 oyida tuman iqtisodiyoti 23 foiz ösgan. Yangi qurilişlar va ulardagi korxonalar negizida soliq manbasi köpaygan. Toşkent tumanida 70 ta mahalla, 62 mingta oila bor. Ahvoli oğir bölgan 372 ta oilaga kömaklaşiş uçun mas’ullar va çoralar belgilangan.
Mavzuga oid
Rejadagi loyihalar, bandlik hamda tadbirkorlik dasturlari doirasida yil yakuniga qadar 34 ming 443 ta iş örni yaratilişi möljallangan.
Prezident xonadonlardagi imkoniyatlarni yuzaga çiqariş, tadbirkorlarning kambağal oila vakillarini işga olişini rağbatlantiriş böyiça topşiriqlar berdi.
“Toşkent tumani poytaxtimizning yonginasida. Bu yerda uy-joy, işlab çiqariş, tijorat, xizmat böyiça juda katta imkoniyatlar bor. Iş töğri taşkil qilinsa, özi bu tumanda kambağalçilik bölişi mumkin emas. Şuning uçun iqtisodiy kompleksga, mahallalarga berayotgan imkoniyatlardan foydalanib, kambağallikdan farovonlik sari yuriş kerak”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Toşkent tumanida yil yakuni bilan qariyb 53 million dollar investitsiya özlaştirilişi hisobiga sanoatda ösiş sur’ati 9 foiz, xizmat körsatişda 13 foiz bölişi kutilmoqda. Eksport hajmini 100 million dollarga yetkaziş maqsad qilingan.
Şavkat Mirziyoyevning keyingi manzili – Zangiota tumanidagi “Technologies of real time” Özbekiston–Singapur qöşma korxonasi böldi. Bu yerda 118 xil rusumdagi avtomobillarning yuriş, transmissiya va boşqaruv tizimlari uçun 750 dan ortiq turdagi ehtiyot qismlar işlab çiqarilmoqda. Modernizatsiya qilingan korxonadagi 12 ta sexga Xitoy, Rossiya, Koreya Respublikasi, Yaponiya va AQŞdan keltirilgan uskunalar örnatilgan.
“Köp detallar mahalliylaştirilgani hozirça ma’qul. Mutaxassislar zör bölsa, sifat ham, eksport ham oşadi”, – dedi prezident.
Şundan kelib çiqib, mutasaddilarga korxonada ehtiyot qismlar qatorini kengaytiriş böyiça topşiriq berildi. Mahsulotlar buyurtma asosida Özbekiston böylab yetkazib beriladi. Xususan, UzAuto Motors'ning ning Xorazm viloyatidagi zavodiga “Damas” va “Labo” avtomobillari uçun 773 ming dona ehtiyot qismlar yetkazib berilgan.
Tovarlarni texnik tekşiruv va sinovlardan ötkaziş uçun zamonaviy laboratoriya taşkil etilgan. Korxona mahsulotlari IATF 16949:2016, ISO 9001:2015, ISO 45001:2020 hamda “Jyeneral Motors”ning BIOS xalqaro sifat sertifikatlariga ega. Şu bois ularga xorijda ham talab bor. Xususan, ötgan yili Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Ukraina, BAAga 3 mln dollarlik ehtiyot qismlar yetkazib berilgan. Joriy yilning töqqiz oyida 2 mln dollardan ziyod mahsulot eksport qilingan.
Korxonada 220 ta iş örni yaratilgan. Xodimlar şu yerdagi kurslarda öqitilib, keyin işga qabul qilinadi.
Davlat rahbari zavoddagi işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdi, mutaxassislar bilan muloqot qildi. Korxona şourumida tayyor mahsulotlar namunalarini közdan keçirdi.
Şu yerda kelgusi rejalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, 2025 yilda 1,15 million dollarlik investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Natijada BYD, Chery, Changan, Geely avto, Dongfeng kabi yangi avtomobil brendlari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqariş özlaştiriladi.
Loyiha samarasida 43 ta yangi iş örni yaratiladi, işlab çiqariş quvvatlari 180 mingdan, 280 ming donaga yetkaziladi.
Şavkat Mirziyoyev Yangiyöl tumanidagi “Tinçlik” kiçik sanoat zonasida ham bölib, qator korxonalar faoliyati bilan tanişdi. Bu sanoat zonasi 4 yil oldin 36 gektar maydonda taşkil etilgan edi. Muhandislik infratuzilmasi, içki yöllar va binolar qurilib, işlab çiqariş uçun qulay şaroit yaratildi.
Bu yerga quriliş materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat tarmoqlarida 15 loyiha joylaştirilgan, şundan 10 ta işga tuşirilgan. Ularda ötgan yili 295 milliard sömlik import örnini bosuvçi mahsulotlar işlab çiqarilgan. Joriy yil yakunlari böyiça bu raqamni qariyb ikki baravarga köpaytiriş maqsad qilingan. Hozirça bu korxonalarda 1 500 dan ortiq kişi mehnat qilmoqda. Barça loyihalar işga tuşsa, bandlik yana ortadi.
“Enter Steel” korxonasida metall konstruksiyalar, yuqori bosimga çidamli rezervuarlar, yuk kötaruvçi kranlar, burğulaş uskunalari, payvandlaş elektrodlari, metall eşik, elektr qutilar işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Uşbu loyihaning qiymati 40 mln dollar bölib, unga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar yönaltirilgan. Bu yerga Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Ispaniya, Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlardan uskunalar keltirilgan. Bu esa mahsulotlar sifati va iş unumdorligi yuqori bölişiga xizmat qilmoqda.
Prezident korxonaning iş jarayonini közdan keçirdi, bu yerda tayyorlanayotgan mahsulotlar körgazmasi bilan tanişdi. Mutasaddilarga korxona mahsulotlari zarur bölgan tarmoqlar bilan kooperatsiyani rivojlantiriş böyiça körsatmalar berildi.
Prezident “Tinçlik” KSZga taşrifida quyoş panellari va turli kabellar işlab çiqarayotgan “Enter Green Solar” korxonasi faoliyati bilan ham tanişdi.
“Bunday yuqori texnologik mahsulotlar işlab çiqarayotgan mahalliy korxonalarimizni qöllab-quvvatlab, faoliyatini kengaytirişiga yanada köproq şaroit yaratişimiz kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Umumiy qiymati 7 mln dollar bölgan mazkur korxonaga Italiyaning “Ecoprogetti” kompaniyasi uskunalari örnatilgan. Ular asosida yiliga 377 ming dona yuqori sifatli quyoş paneli işlab çiqariş yölga qöyilgan. Korxonaning özida ham quvvati 125 kilovatt bölgan panellar qöyilgan. Bu yerda 100 kişi mehnat qilmoqda.
Yangiyöl tumanidagi loyihalardan yana biri – “Mesal Water Technologies” bölib, bu korxona suv tozalaş inşootlari uçun 30 dan ortiq maxsus qurilma va uskunalar işlab çiqarmoqda.
Loyihaga 1,7 mln dollar mablağ yönaltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar örnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kişi iş bilan ta’minlangan.
Bunday korxonalar faoliyatining kengayişi aholi farovonligi va salomatligiga hissa qöşişi ta’kidlandi.
Prezident Toşkent viloyatida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanişdi, investorlar bilan suhbatlaşdi. Ma’lum qilinişiça, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Olmaliq şahrida “Buyuk ipak yöli” industrial texnoparki taşkil etiladi. U yerda elektrotexnika, töqimaçilik, quriliş materiallari, farmatsevtika kabi yönalişlarda 100 ga yaqin korxona joylaştiriladi. 3 mingta yangi iş örni yaratilib, yiliga 5 trillion sömlik mahsulot işlab çiqariladi.
Zangiota tumanida esa Janubiy Koreya investorlari bilan birgalikda jigar, böğim, köz va miya faoliyatini davolaşda qöllaniladigan dori vositalari işlab çiqariş taşkil etiladi. U yerda 200 kişining bandligi ta’minlanadi.
Şavkat Mirziyoyev investorlar uçun barça şaroitlarni yaratiş, loyihalarning har bir bosqiçini nazorat qilib, masalalarini hal etiş böyiça körsatmalar berdi.