Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya va Fransiya taşqi işlar vazirlari 14 oktyabr, duşanba kuni Isroil va «Hizbulloh» guruhi örtasidagi janglar oqibatida Livandagi BMT tinçlikparvar kuçlariga yuzaga kelayotgan tahdidni qoraladi.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Livandagi Muvaqqat kuçlari (UNIFIL) xodimlariga qilingan har qanday hujum «xalqaro huquqni buzadi», deyiladi Annalena Berbok, Devid Lammi, Antonio Tayani va Jan-Noel Barro qöşma bayonotida. Taşqi işlar vazirlari «Isroil va barça tomonlarni har doim UNIFIL xodimlari xavfsizligini ta’minlaş böyiça öz majburiyatlarini bajarişga», şuningdek, BMT kuçlariga «öz mandatlarini bajarişda davom etişlariga imkon yaratişga» çaqirdi, deb xabar beradi AFP.
13 oktyabr kuni Isroil mudofaa kuçlarining (TsAHAL) Livandagi BMT tinçlikparvar kuçlariga hujumi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel tomonidan qoralangan edi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning aytişiça, bunday hujumlar «harbiy jinoyat sifatida baholanişi mumkin».
14 oktyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengaşi «Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) tomonidan Livandagi UNIFIL bir neçta obektlari öqqa tutilganidan «jiddiy xavotir» bildirdi, deb xabar beradi AFP. Hozirda Xavfsizlik Kengaşiga raislik qilayotgan Şveytsariya vakilining qayd etişiça, natijada bir neça tinçlikparvarlar jarohatlangan.
Netanyahu Livandan tinçlikparvar kuçlarni olib çiqişga çaqirdi
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu BMT boş kotibi Antoniu Guterrişga murojaat qilib, Livan janubidan UNIFIL tinçlikparvar kuçlarini «zudlik bilan» olib çiqişni söradi. Tegişli videomurojaat 13 oktyabr kuni isroillik siyosatçining ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilindi.
Netanyahuning fikriça, tinçlikparvar kuçlarni evakuatsiya qilişdan boş tortib, BMT ularni «Hizbulloh» taşkilotining «garoviga» aylantirmoqda. «Bu ularni ham, askarlarimiz hayotini ham xavf ostiga qöyadi», deya qöşimça qildi u.








