2014 yilda monopoliyalarni boşqariş va bozorni tartibga soliş böyiça taqdim etgan yeçimlari uçun Nobel mukofotini qölga kiritgan taniqli fransuz iqtisodçisi Jan Tirol Toşkentda ma’ruza öqidi. Uning fikriça, monopoliya bor ekan, davlat iqtisodiy taraqqiyotdan umid qilmasa ham böladi.
“Umumiy farovonlik” deb nomlangan ma’ruzaga 700 ga yaqin tinglovçilar kelişdi. Iqtisodçi olimga köra, umumiy farovonlik bu – odamlarni yaxşi, töğri hayot keçirişga undaş va oxir-oqibat köndiriş ham. Tirol Nobelni olişidan avval markaziy banklar, vazirliklar, öz davlatida iqtisod siyosatiga boş-qoş idoralar bilan uzoq gaplaşganini, natijada bozor doim ham haqqoniy bölmasligini aniqlaganini aytdi.
Bozorlar haqqoniy bölmaydi, regulyator yaxşi bölişi kerak, bozor inqirozlarini oldindan kutgan davlatlar iqtisodini asrab qololadi, deydi professor.
“Janob Tirol, bozor xilma-xil bölişi, avvalo odamlarda tanlov bölişi kerakligini gapirdingiz. Özbekiston iqtisodiyotidagi eng katta muammolar monopoliyaga borib taqalaveradi, xöş, yeçim nimada, sizningça?”
“Albatta, sizga raqobat siyosati kerak, xususiylaştiriş ham. Men Özbekiston böyiça ekspert emasman, lekin narx-navoning şakllanişi, innovatsiyalar paydo bölişi uçun birinçi navbatda raqobat muhiti kerak. Agar davlat iqtisodini kötarişni istasa, raqobat doirasini ham yaratsin. Bu sifatli mahsulotlar va past narx”,-deydi iqtisodçi.
Tirolga köra, ayni davrda davlatlar oldida yaşil transformatsiya vazifasi turibdi. Sanoat, iqtisodiyot havoga kamroq çiqindi çiqaradigan, suvni kamroq isrof qiladigan yeçimlarga muhtoj.
“Rossiyani qarang, u kabi yana köplab davlatlar bugun suvni isrof qilib, mahsulot işlab çiqaradi. Sanoatda suv isrof qilinmasligi kerak, suv bahoga ega bölişi lozim. Özbekiston borasida gapirsam, men faqat 2 kun bu yerdaman va davlatni töliq örganmadim. E’tiborimni tortgani yoş avlod köp, investitsiyani ta’limga qiliş kerak”, - deya qöşimça qiladi Nobel mukofoti sovrindori.
Ma’ruzada aytilişiça, umumiy farovonlik uçun jamiyatda va xususan iş joyida erkak va ayollar teng körilişi, iş şaroitlari va muhit ular uçun teng yaratib berilişi kerak. Tolerant bölgan jamiyat köproq natijalarga erişa oladi. Bozorlarga doim hujumlar bölgan, moliyaviy mexanizmlar töğri qöllanmasa, moliyaviy samaradorlikdan umid qiliş befoyda, deydi iqtisodçi.











