Şimoliy Koreya (KXDR) mamlakatning yangi konstitutsiyasida Janubiy Koreya (JK) rasman «duşman davlat» sifatida belgilanişini tasdiqladi. Bu haqda 17 oktyabr, payşanba kuni Koreya markaziy axborot agentligi (KMAA) xabar berdi.

Matnda ta’kidlanişiça, yaqinda KXDR va JKni boğlab turgan avtomobil va temiryöllarning şimoliy qismlari vayron qilingani «JKni duşman davlat sifatida aniq belgilab beruvçi KXDR Konstitutsiyasi talablariga muvofiq körilgan muqarrar va qonuniy çora böldi». Şunday qilib, Şimoliy Koreya Seul bilan birlaşiş ğoyasidan rasman voz keçdi.

KMAA KXDRning özgartirilgan konstitutsiyasi haqida boşqa tafsilotlarni keltirmadi.

Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik töğrisidagi qonun loyihasini kiritdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat dumasiga 2024 yil 19 iyun kuni Pxenyanda imzolangan KXDR bilan har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qiliş haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda 14 oktyabr kuni «Interfaks» agentligi xabar berdi. Hujjat Rossiya parlamentining onlayn ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.

Şartnoma bandlarining birida «agar tomonlardan biri biron-bir davlat yoki bir neça davlat tomonidan qurolli hujumga uçrasa va şu tariqa uruş holatiga tuşib qolsa, ikkinçi tomon zudlik bilan barça vositalar bilan harbiy va boşqa yordam körsatadi», deyiladi. 

Boşqa bir bandga köra, bir davlatga qarşi «qurolli tajovuzkorlik akti tahdidi yuzaga kelgan taqdirda» ikkinçisi söroviga köra darhol «öz pozitsiyalarini muvofiqlaştiriş va bir-biriga yordam berişi mumkin bölgan amaliy çoralarni kelişiş» uçun ikki tomonlama kanallardan foydalanişi kerak».

Bundan taşqari, tomonlarning har biri uçinçi davlatlar bilan boşqa mamlakatlar suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligiga qarşi qaratilgan kelişuvlar tuzmasligi, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy tizimlarni rivojlantiriş huquqiga ega ekani hamda boşqa asosiy manfaatlariga qarşi qaratilgan bitimlar tuzmaslik majburiyatini olişi aytilgan.