Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) askarlari «Hizbulloh» taşkiloti jangçilari bazalarini tintuv qiliş çoğida Rossiyaning «eng zamonaviy» qurollarini topdi, dedi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu 16 oktyabr, çorşanba kuni Fransiyaning Le Figaro gazetasiga bergan intervyusida.
Siyosatçining sözlariga köra, BMTning 2006 yildagi rezolyutsiyasiga köra, Isroil va Livan çegarasidan oqib ötuvçi Letani daryosining janubida faqat Livan armiyasida qurol-yaroğ bölişi mumkin. «Ammo, «Hizbulloh» bu hududda yuzlab tunnel va yaşirin joylar qazdi, u yerda biz hozirgina zamonaviy rus qurollarining bir neçtasini topdik», — deya uning sözlarini keltiradi naşr.
Avvalroq The Washington Post (WP) Isroil rasmiylariga tayanib, Livan janubida TsAHAL harbiy amaliyoti çoğida Rossiya va Xitoyning tankka qarşi qurollari topilgani haqida xabar bergan edi.
OAV: Isroil Eronning yadroviy inşootlariga zarba bermaydi
Isroil Eronga javob zarbasi berişda yadroviy yoki neft emas, balki Islom Respublikasining harbiy obektlarini nişonga oladi. Bu haqda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu AQŞ prezidenti Jo Baydenga ma’lum qildi, deb yozdi The Washington Post 15 oktyabrga ötar keçasi. Aftidan, gap ikki yetakçi örtasida 9 oktyabr kuni bölib ötgan telefon muloqoti haqida ketmoqda.
Isroilning faqat Eron harbiy obektlariga hujum qiliş rejasi Vaşingtonda «yengillik» bilan kutib olindi, deb yozadi WP. Naşrning qayd etişiça, tahlilçilar Eron neft obektlariga hujum dunyoda energiya narxining oşişiga, yadroviy inşootlarga hujum esa yanada keskinlaşuvga olib kelişi va Qöşma Ştatlarni mojaroga tortişi mumkinligidan xavfsiragan. Bayden avvalroq Isroilni «boşqa variantlar haqida öylaşga» çaqirgan edi.
The Washington Post naşriga köra, Netanyahu hozir egallagan «nisbatan vazmin pozitsiya» AQŞ prezidentining Yaqin Şarqdagi ittifoqdoşiga THAAD raketaga qarşi kuçli mudofaa tizimini yuboriş qaroriga ta’sir körsatdi. Pentagon 13 oktyabr kuni Isroilda THAAD batareyasi joylaştirilişini ma’lum qildi.
Vaşingtondagi manbaning WP naşriga aytişiça, Isroilning Eronga zarbasi AQŞda 5 noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlari oldidan amalga oşirilişi kerak. Agar Isroil öz hududining ommaviy öqqa tutilişiga javob bermasa, Tehron buni zaiflik belgisi sifatida talqin qilişi mumkin, deb yozadi gazeta. Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar bilan maslahatlaşuvlar natijasida Isroil «yaqin haftalarda» Livandagi operatsiyasini töxtatişini e’lon qildi, deb yozadi gazeta.









