Boş prokuratura huzuridagi departament xabariga köra, departamentning Yunusobod tumani bölimi tomonidan “Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “B.” MÇJ rahbari T.A. va boşqalar MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida örnatilgan gaz hisoblagiçga taşqi ta’sir ötkazib, jami 1,5 million kub metr tabiiy gazni öğirlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,7 milliard söm zarar yetkazgani aniqlangan.
Şu kabi, departamentning Samarqand viloyati boşqarmasi tomonidan “Özenergoinspeksiya” hududiy boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “M.G.” MÇJ rahbari S.R. Past Darğom tumanidagi avtomobillarga gaz töldiriş şoxobçasida örnatilgan elektr hisoblagiçning ulaniş sxemasini özgartirib, tijorat maqsadida 2,1 milliard sömlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












