Freedom House xalqaro inson huquqlari taşkiloti «Internet tarmoğidagi erkinlik» (Freedom on the Net) yillik hisobotini e’lon qildi. Tadqiqot 2023 yil iyunidan 2024 yil mayigaça bölgan davrni qamrab oladi.

Hisobotda 72 da davlat tahlil qilingan va 3 ta toifaga ajratilgan: Internet tarmoği erkin, qisman erkin va erkin emas.

Hisobotga köra, Özbekiston 100 balldan 27 ball töpladi va Internet tarmoği erkin bölmagan davlatlar qatoridan joy oldi. Şuningdek, bu toifada Ozarboyjon, Qozoğiston, Belarus, Rossiya, Xitoy, Eron, Myanmar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA, Venesuela va Viyetnam ham bor. Xitoy va Myanmar dunyodagi eng yomon internet erkinligiga ega davlat sifatida qayd etilgan.

Islandiya va Estoniya internet erkinligi sohasida yetakçilar sifatida tan olingan. Bu toifada Armaniston, Fransiya, Kanada, Gurjiston, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Janubiy Afrika, AQŞ va Buyuk Britaniya ham bor.

Umuman olganda, hisobot mualliflari ta’kidlaganidek, sönggi 14 yil davomida butun dunyo böylab internet erkinligi darajasi izçil pasayişda davom etmoqda.

Internetdagi erkinlik darajasiga ta’sir etuvçi asosiy sabablar qatorida saylovlarga aralaşiş va internetda öz fikr-mulohazalarini erkin bildiriş uçun repressiyalarning kuçayişi qayd etilgan.

Hisobotga köra, 2023 yilda kamida 43 mamlakatda odamlar öz fikrini bildirgani va internetda faol bölgani uçun hujumga uçragan yoki öldirilgan.