Germaniya hukumati 17 oktyabr, payşanba kuni öz veb-saytida özini Rossiya agressiyasidan himoya qilişda davom etayotgan Ukrainaga qurol yetkazib beriş haqidagi ma’lumotlarni yangiladi.

Xususan, yangi yetkazib berişlar tarkibiga 8 dona Leopard 1 A5 tanklari, ular uçun ehtiyot qismlar kiritilgan. Şunday qilib, bugungi kunda Germaniya tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan uşbu modeldagi tanklar soni 88 tani taşkil etadi.

Yana 20 ta Marder piyoda jangovar maşinalari ehtiyot qismlari bilan Kiyevga yetkazildi. Hammasi bölib, uşbu ta’minotni hisobga olgan holda, uruş boşidan buyon Ukrainaga 140 ta şunday piyoda jangovar texnikasi ötkazildi. Bundan taşqari, Berlin Ukrainaga Leopard 2 va Leopard 1 tanklari uçun qöşimça snaryadlar, Marder piyoda jangovar maşinalari uçun snaryadlar; bittadan IRIS-T SLM va IRIS-T SLS zenit-raketa tizimi; kemadan boşqariladigan Sea Sparrow raketalari, 3000 ta tankka qarşi RGW 90 granatalari; 6 ta PzH 2000 öziyurar artilleriya moslamalari ehtiyot qismlari bilan (ilgari 14 ta şunday ÖAM ötkazilgan); 24 000 ta 155 mm artilleriya öq-dorilari; 4000 ta hujumkor dron; ikkita TRML-4D radari va boşqa turdagi qurollar jönatdi.

Boşqa narsalar qatorida, harbiy yordamning yangi partiyasi AIM-9L/I Sidewinder infraqizil yönaltirgiçli qisqa masofali raketalarni öz içiga oladi. Germaniya Qurolli Kuçlari veb-saytida aytilişiça, bunday turdagi raketalar Germaniya havo kuçlarida PA-200 Tornado va EF 2000 Eurofighter jangovar samolyotlarida örnatilgan.

Şols YeIdan Ukrainaga yordamni oşirişni söraydi

Germaniya kansleri Olaf Şols Yevroittifoq sammitida Yevropa Ittifoqi hamkorlaridan Ukrainaga harbiy yordamni oşirişni söraydi. Bu haqda 15 oktyabr kuni Berlindagi hukumat vakiliga tayanib, Reuters xabar berdi.

Uning sözlariga köra, Germaniya kansleri «yanada qanday qöllab-quvvatlaş mumkinligini körib çiqiş uçun albatta yana murojaat bilan çiqadi».

Ukraina Yevropa Ittifoqining 35 milliard yevro miqdoridagi kreditiga umid qilişi, xususan, undan qurol sotib olişda foydalanişi mumkin, deya eslatadi Reuters. Yevroparlament 22 oktyabrda uni yakuniy ma’qullaşi kerak. Biroq, agar Qöşma Ştatlar moliyaviy yordamini e’lon qilsa, bu miqdor kamayişi mumkin.