London Universitet kolleji olimlari internet ma’lumotlarini uzatiş tezligi böyiça yangi rekord örnatdi. Ular 938 Gbit/s tezlikka (bu bir soniyada 20 dan ortiq örta metrajli filmlarni yuklab olişga teng) erişib, 6G texnologiyasini işlab çiqişga yanada yaqinlaşdi.
Ta’kidlanişiça, 5G tarmoqlari asosan soniyasiga 100 megabit atrofidagi ma’lumot uzatiş tezligini taklif etadi. Bu yutuq elektron va optik uzatiş usullarining innovatsion uyğunligiga asoslangan bölib, u jamoaga simsiz tarmoqlardagi çeklovlarni bartaraf etiş imkonini berdi.
Simsiz tarmoqlar tor çastota oraliğidagi radiotölqinlar yordamida işlaydi, bu esa tarmoqning ortiqça yuklanişiga va ma’lumotlar uzatilişi sekinlaşişiga olib kelişi mumkin.
Universitet olimlari bu muammoni radiotexnologiyalar va optik yeçimlarni birlaştirgan holda keng çastotalar spektridan foydalangan holda hal qildi.
Jamoa uşbu noodatiy tezlikka erişiş uçun ikkita çastota oraliğidan foydalangan — biri 100 GGs atrofida, boşqasi esa 130-175 GGs oraliğida. Kompyuter protsessorlarida qöllaniladigan kvars generatori uzatiş jarayonida signalni barqarorlaştiriş vazifasini bajardi.
Tadqiqot boş muallifi doktor Jisin Lyu ularning yondaşuvi ikkita sinalgan texnologiyani birlaştirganini aytdi:
- yuqori tezlikdagi elektronika;
- millimetr tölqin diapazonidagi fotonika.
Bunday kombinatsiya katta hajmdagi ma’lumotlarni misli körilmagan tezlikda uzatiş imkonini beradi.
Tezlikdan taşqari, uşbu texnologiya tarmoqning ötkazuvçanlik qobiliyatini oşiriş orqali köp sonli foydalanuvçilarga bir vaqtning özida ma’lumot uzatiş imkonini beruvçi takomillaştirilgan ötkazuvçanlik qobiliyatini ham ta’minlaydi.
Uşbu yutuq kelajakdagi aloqa tarmoqlarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor va samarali uzatiş uçun yangi istiqbollarni oçadi.







