Özbekiston heç qanday harbiy tuzilmalarga qöşilmaydi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) kuzatuvçi davlat sifatida qoladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov Toşkentda ötkazilgan Xalqaro şeriklik taşabbuslari haftaligi oçilişida ma’lum qildi.

Fergana.media muxbirining Özbekiston boşqa davlatlar bilan yaqin hamkorlik qiliş maqsadida öz suverenitetini çeklaşga rozi böladimi, degan savoliga Saidov salbiy javob berdi.

«Konstitutsiyamizning birinçi moddasida Özbekiston suveren davlat ekanligi qayd etilgan. Agar biz har qanday harbiylaştirilgan mudofaa tuzilmalari va taşkilotlariga qöşiliş haqida gapiradigan bölsak, unda yöq, biz bunga yöl qöymaymiz. Biz yigitlarimizni heç qaçon harbiy missiyalarni, şu jumladan tinçlikparvarlik missiyalarini bajariş uçun [çet elga] yubormaymiz. Hududimizda xorijiy harbiy bazalar bölmaydi», dedi vitse-spiker.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyaga kelsak, bu taşkilotda Özbekiston uçun kuzatuvçi davlat maqomi köproq mos keladi, dedi Saidov.

«Men Özbekistonning YeOIIga kiriş imkoniyatlarini örganiş böyiça parlament komissiyasi rahbariman. Biz uşbu taşkilotning mingdan ortiq turli hujjatlarini sinçiklab örganib çiqdik va bugun şunday xulosaga keldik — Özbekiston YeOIIda kuzatuvçi maqomini saqlab qolişdan manfaatdor», dedi u.

Saidovning sözlariga köra, Qozoğiston YeOIIga qöşilişdan juda kam foyda olgan. Özbekiston taşqi siyosatining asosiy tamoyillari esa Konstitutsiyaning yangi tahririda mustahkamlab qöyilgan va ularga qat’iy amal qilinadi.

YeOII 2001 yilda taşkil qilingan bölib, unga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya a’zo sanaladi. Moldova va Kuba, şuningdek, 2020 yil dekabr oyida Özbekiston kuzatuvçi davlat maqomini olgan.