Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 oktyabr kuni mamlakatda amaliy taşrif bilan bölib turgan Ozarboyjon Taşqi razvedka xizmati rahbari Orxon Sultonovni qabul qildi.
Uçraşuv avvalida Ozarboyjon idorasi boşliği davlat rahbariga Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Özbekiston-Ozarboyjon ittifoqçilik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini oliy darajadagi kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida yanada çuqurlaştiriş masalalari körib çiqildi.
Turli darajalarda faol muloqotlar va samarali almaşinuvlar davom etayotgani, özaro savdo va investitsiyalar körsatkiçlari barqaror ösayotgani, tomonlar kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş va jadallaştiriş, madaniy-gumanitar tadbirlarni ötkaziş böyiça çora-tadbirlar körayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Terrorizm, ekstremizm va radikalizm, kiberjinoyatçilik hamda xavfsizlikka tahdid solayotgan boşqa zamonaviy xavflarga qarşi kuraşiş böyiça maxsus xizmatlarning yaqin idoralararo hamkorligini mustahkamlaş va samarali muvofiqlaştiriş muhimligi ta’kidlandi.
Şuningdek, Afğonistonning iqtisodiy rivojlanişiga kömaklaşişga qaratilgan amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.








