Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yana bir bor Isroilni Livandagi tajovuzini töxtatişga, qöşni mamlakat suverenitetini hurmat qilişga va harbiy harakatlarni Livan içiga qadar kengaytirmaslikka çaqirdi.

Makronning aytişiça, Fransiya hukumati «Isroil, uning xavfsizligi va mavjudligi bilan birga», ammo bu yahudiylar davlati boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan «kelişmovçilik» bölişi mumkin emasligini anglatmaydi.

Oktyabr oyi davomida fransuz yetakçisi ikki marotaba xalqaro hamjamiyatni Isroilga qarşi qurol embargosiga çaqirdi. Makronning çaqiriqlari Ispaniya va Italiya tomonidan qöllab-quvvatlandi.

Kuni keça Italiya boş vaziri Jorjiya Meloni öz mamlakati Yevropa Ittifoqining boşqa davlatlaridan farqli ölaroq, Isroilga qurol yetkazib berişga töliq embargo joriy etganini ma’lum qildi: «Isroil harbiylari Ğazoda harbiy operatsiyalarni boşlaganidan keyin hukumat zudlik bilan 7 oktyabrdan keyin imzolangan barça yangi eksport litsenziyalari va bitimlarni töxtatib qöydi».

«Biz barçasini bloklab qöydik», — deydi Italiya yetakçisi. Şuningdek, u öz hukumati tomonidan körilayotgan çoralar şeriklari Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyaga nisbatan «ança qattiq» ekanini bildirgan.

Fransiya hukumati Ğazodagi genotsidga aloqadorligi uçun ayblanişi mumkin

Fransiyaning EuroPalestine nohukumat taşkiloti prezident Emmanuel Makron, sobiq boş vazir Gabriel Attal va sobiq taşqi işlar vaziri Stefana Serujni ustidan Xalqaro jinoiy sudga şikoyat kiritdi. Taşkilot ularni Isroil tomonidan amalga oşirilgan «harbiy jinoyatlar, insoniyatga qarşi jinoyatlar va genotsid jinoyatlari»da ayblamoqda.

EuroPalestine’ning qayd etişiça, fransuz amaldorlari Isroil hukumatiga 2023 yil oktyabrdan beri harbiy, diplomatik va iqtisodiy frontlarda yordam beriş orqali yuqoridagi jinoyatlarda şerikka aylangan.

14 oktyabr kuni taşkilot öz da’volarini tasdiqlovçi 27 varaqli iş hujjatlarini Haagadagi prokurorga taqdim etgan.