Markaziy bank 2024 yil uçun moliyaviy barqarorlik şarhini e’lon qildi.
Regulyator 2024 yil iyun oyida Özbekiston moliya tizimida yuzaga kelişi mumkin bölgan tizimli xatarlarni aniqlaş hamda ularning ta’sir kölamini baholaş maqsadida 35 ta tijorat banklari (respondentlar) orasida navbatdagi sörovnomani ötkazgan.
Sörovnoma natijalariga köra, respondentlar geosiyosiy xatarlar, valuta kursi özgaruvçanligi, aholi qarz yukining oşişi, inflatsiyaning ösişi va kiberhujumlar bilan boğliq xavflarni moliya tizimi uçun asosiy xatarlar sifatida körsatgan. Joriy yilning yanvar oyida ötkazilgan sörovnoma natijalari bilan taqqoslaganda eng dolzarb deya qayd etilgan xatar fokusi valuta kursi özgaruvçanligidan geosiyosiy xatarlarga ötgan. Öz navbatida, valuta kursi özgaruvçanligi tizimli xatar darajasi böyiça keyingi öringa tuşgan.

Har bir respondent tomonidan qayd etilgan 5 ta eng muhim tizimli xatarlar töplamining 45 foizi taşqi geosiyosiy xatarlar, 37 foizi valuta kursining keskin özgaruvçanligi, 35 foizi aholi qarz yukining ortişi, 33 foizi inflatsiya sur’atining tezlaşişi, 24 foizi kiberhujumlar bilan boğliq xatarlardan iborat.
Şuningdek, mamlakat moliyaviy tizimi barqarorligiga ta’sir körsatişi mumkin bölgan xatarlar qatoriga yirik qarz oluvçilar defolti, iqtisodiy pasayiş, likvidlilik xavfi, köçmas mulk narxlari pasayişi hamda iqlim özgarişi bilan boğliq xatarlar kiritilgan. Respondentlarning 46 foizi tizimli xatarlarning sodir böliş ehtimollik darajasini qisqa muddatda (1 yilgaça) past, 43 foizi esa örtaça baholagan. Şu bilan birga 51 foiz respondentlar örta muddatli (1–3 yil) istiqbolda uşbu tizimli xatarlarning sodir böliş ehtimoli örtaça, 31 foizi esa yuqori bölişini kutmoqda.

Respondentlarning 63 foizi ötgan qisqa davr uçun tizimli xatarlar darajasi örtaça bölganini, 54 foizi esa ötgan 1-3 yillar davomida ham örtaça xatar darajasi saqlanib qolayotganini ta’kidlagan. Şu bilan birga, respondentlarning 60 foizi keyingi 3 yil davomida Özbekiston moliya tizimi barqarorligiga yetarliça işonç bildirgan. Uşbu körsatkiç 2024 yilning yanvar oyida ötkazilgan sörovnoma natijasiga nisbatan 14 foiz bandga pasayganini ifodalaydi. Bundan taşqari, moliya tizimi barqarorligiga qisman işonişini ta’kidlagan respondentlarning uluşi 37 foizni taşkil etgan.









