Yevropa Ittifoqi köp yillardan beri çet elliklarga boşpana beriş böyiça aniq strategiyani işlab çiqa olmayapti. Endi bölsa YeIga a’zo 27 ta davlat va hukumat rahbarlari iştirokidagi sammitda «barça kamçiliklarni bir vaqtning özida tuzatişga» qaror qilindi, deb yozadi Bild.

Qayd etilişiça, sammitda çegaralar xavfsizligini mustahkamlaş, deportatsiya qonunçiligini soddalaştiriş va Yevropa Ittifoqidan taşqarida ham boşpana beriş tartibini joriy etiş masalalari muhokama qilingan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ham boşpana siyosatining kuçaytirilişini yoqlab çiqqan. Sammit iştirokçilariga yöllagan maktubida u boşpana sörayotgan beş kişidan tört nafari rad javobini olgan taqdirda ham YeIda qolib ketayotganini eslatib ötgan. «Şu boisdan Yevroittifoqning yangi qonunlari boşpana beriş rad etilganlarni ommaviy ravişda deportatsiya qiliş uçun soddalaştirilişi kerak», deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, sammitda oldinlari jiddiy qabul qilinmagan taklif — avvaliga «uçinçi davlatda» vaqtinça boşpana beriş amaliyoti köpçilikda qiziqiş uyğotgan. Masalan, Niderlandiya hozirda Uganda bilan Afrikadan kelgan qoçoqlarni uşbu mamlakatga yuboriş böyiça muzokaralarni boşlab yuborgan. Italiya ham şunga öxşaş yöldan bormoqda: Örtayer dengizi orqali keladigan qoçoqlar Albaniyadagi qabul markazlariga yuboriladi va u yerda arizalar körib çiqiladi. Agar qoçoqqa ijobiy javob berilsa, u Italiyaga kelişi mumkin, aks holda Albaniyaning özidan deportatsiya qilinadi.

«Italiya barçasini töğri qilmoqda. Albaniya misolida işlab çiqilgan model kontrabandaçilarning biznesini yakson qiladi, çunki qoçoqlarda YeIga kiriş böyiça heç qanaqa kafolat bölmaydi», — deydi germaniyalik siyosatçi.