18 oktyabr kuni Kubada yirik issiqlik elektr stansiyasidagi avariyadan keyin elektr energiyasidan töliq uziliş sodir böldi. 10 millionga yaqin kişi elektrsiz qolgan. Elektr energiyasi ta’minoti 19 oktyabr kuni qisman tiklangandi, ammo yakşanbaga ötar keçasi yana butunlay öçdi, deb yozadi BBC News. Hududga «Oskar» töfoni yaqinlaşib kelayotgani vaziyatni yanada oğirlaştirgan. Prognozlarga köra, şamol tezligi soatiga 140 kilometrga çiqadigan töfon Kuba sohillariga mahalliy vaqt bilan 20 oktyabr kuni kunduzi yetib keladi. U mamlakatning şarqiy hududlariga suv toşqini va köçkilar olib kelişi mumkin.
Kuba prezidenti Migel Dias-Kanel rasmiylar «töfon muqarrarligini hisobga olgan holda odamlar va iqtisodiy resurslarni himoyalaş uçun qattiq iş olib borayotgani»ni aytgan.
Diario de Cuba gazetasi yozişiça, elektr uzilişi energetik inqirozni kuçaytirgan — Kubada sönggi ikki haftada muntazam ravişda kuniga bir neça soatga elektr öçirilayotgandi. Boş vazir Manuel Marrero Krus teleomurojaatida uzilişlarga eskirgan infratuzilma, yonilği yetişmasligi va energiya iste’moli ortib ketgani sababligini aytgan. «Meduza» Kubadagi keng kölamli blekaut qanday körinişda ekani aks etgan fotojamlanmani taqdim etdi.

Norlys Perez / Reuters / Scanpix / LETA

Antonio Levi / AFP / Scanpix / LETA

Antonio Levi / AFP / Scanpix / LETA

Ramon Espinosa / AP / Scanpix / LETA

















