Agar Isroil Eronga hujum qilsa, Eron qömondonligi javob tariqasida Isroildagi hujum qilinadigan nişonlarni belgilab oldi. Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy ma’lum qildi.
«Eronga qilingan har qanday hujum «qizil çiziqni» kesib ötiş hisoblanadi, biz buni javobsiz qoldirmaymiz. Eronning yadroviy inşootlariga qilingan har qanday hujumga yoki şunga öxşaş har qanday zarbaga munosib javob qaytaramiz», deb vazir sözlaridan iqtibos keltirdi Press TV.
«Biz endi Isroil tomonidan işğol qilingan yerlardagi barça nişonlarimizni aniqladik va ularga qarşi ham xuddi şunday hujumni amalga oşiramiz», dedi Aroqçiy.
U AQŞni tanqid qilib, uning yordamisiz Isroil Ğazo sektori va Livanda jang qila olmasligini aytdi. «Agar amerikaliklar haqiqatdan ham siyosiy iroda körsatsa, ular Isroilni töxtatib, hujumlarga barham berişi mumkin edi», deb qöşimça qildi vazir.
«Agar mintaqada keng kölamli uruş boşlansa, AQŞ unga jalb qilinadi, Eron buni istamaydi», dedi Aroqçiy.
Uning sözlariga köra, mojaro Fors körfazi davlatlarini qamrab olişi mumkin, lekin buni diplomatik kelişuv bilan hal qiliş uçun hali ham imkoniyat bor.
1 oktyabr kuni Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Isroilga köp sonli raketalar bilan zarba berdi. Isroil harbiylari hujumga örinli paytda javob bölişini ma’lum qildi.









