Statistika agentligi 2024 yilning yanvar-sentabr oylaridagi sanoat işlab çiqarişi böyiça ma’lumotlarni e’lon qildi.

Qayd etilişiça, joriy yilning dastlabki 9 oyi davomida gaz qazib oliş hajmi 35,16 mlrd kub metrni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 1,67 mlrd kub yoki 4,8 foizga qisqargan.

2024 yilning yanvar-sentabr oylaridagi gaz qazib oliş körsatkiçlari:

  • Yanvar – 3,99 mlrd kub (ötgan yilning mos davrida – 4,31 mlrd kub);
  • Fevral – 3,71 mlrd kub (3,85 mlrd kub);
  • Mart – 3,89 mlrd kub (4,16 mlrd kub);
  • Aprel – 3,7 mlrd kub (3,94 mlrd kub);
  • May – 3,52 mlrd kub (3,6 mlrd kub);
  • Iyun – 3,54 mlrd kub (3,7 mlrd kub);
  •  Iyul – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Avgust – 3,78 mlrd kub (3,9 mlrd kub);
  • Sentyabr – 3,55 mlrd kub (3,7 mlrd kub).

Ma’lumot uçun, 2022 yilda ham gaz qazib oliş 53,8 mlrddan 51,67 mlrd kub metrgaça yoki 4 foizga, 2023 yilda esa 51,67 mlrddan 46,71 mlrd kub metrgaça yoki 9,6 foizga qisqargandi.

Gaz qazib olişning qisqarib borişi fonida import hajmi oşib boryapti. Xususan, yanvar- sentabr oylarida xorijdan 1 mlrd 278 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu 2023 yilning mos davri bilan taqqoslaganda qariyb 3,6 barobarga köp. 

 Öz navbatida umumiy davr uçun gaz eksporti 16,5 foizga yoki 480 mln dollargaça oşgan. Ayniqsa, oxirgi oylarda gaz sotiş hajmi keskin köpaydi.

Dastlabki 9 oylikda kömir qazib oliş 5 mln 327 ming tonnani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 19,4 foizga oşgan.