Hamasning yangi lideri bölişi aytilayotgan Xolid Maş’al haqida nimalar ma’lum? Uning taşkilot askarlari orasidagi obrösi qay darajada? Bu haqda “Geosiyosat” haftaligida siyosiy tahlilçi Bektoş Berdiyev söz yuritdi.

Xolid Maş’al – Yaqin Şarqdagi maşhur şaxslardan biri. 1996–2017 yillarda Hamas siyosiy byurosini boşqargan. Unga nisbatan bir neça bor suiqasdlar uyuştirilgan.

68 yoşli Maş’al Ğarbiy sohilda ösgan va otasi bilan Kuvaytga köçib ketgan. Özining oliy nasabdan çiqqanini köp bor ta’kidlaydi. 1999 yilda isroilliklar uning quloğiga zahar quyib, öldirmoqçi bölişadi, lekin Maş’al bundan omon qoladi. Suiqasd Iordaniyada röy bergan, öşanda Iordaniyaning talabi bilan Isroil uning quloğiga tomizilgan zaharga qarşi dorini berişga majbur bölgan. Qölga tuşgan agentlar uçun Isroil özining qamoqxonalaridan HAMASning eng közga köringan 20 nafar yetakçisini ozod qilişga majbur bölgan, ular orasida Yosir Arofat ham bor edi, deydi Bektoş Berdiyev.

Uning qöşimça qilişiça, Maş’al öz vaqtida Turkiyaga katta delegatsiyani boşlab borgani, Rossiyada taşqi işlar vaziri Lavrov bilan uçraşgani siyosiy obrösini oşirgan. Xolid Maş’al – Hamasning terroristik taşkilotdan norasmiy taşkilot sifatida tan olinişi uçun harakat qilgan şaxs, deydi u.

Tahlilçining izohlaşiça, Xolid Maş’al siyosiy erkinlikni xohlagani, ammo Hamasning liderlari doim qistovlar ostida yaşagani uçun, qolaversa, AQŞ va Isroilning bosimi ostida u Iordaniyadan çiqarib yuborilgan

Ismoil Haniya turli davlatlarga köçib yurib, taşkilotni boşqarar edi. Köçib yuriş orqali Haniya suiqasdlardan himoyalanardi. Xolid Maş’al esa taşkilotni Qatardan turib boşqaradi. Qatardan turib taşkilotni boşqariş va buyruq beriş oson, ammo uning ijrosini ta’minlaş qiyin masala, albatta. Ğazodagi askarlar bu buyruqlarga itoat qilişadimi degan savollar ham bor. Ammo Xolid Maş’al muzokaraçi siyosatçi sifatida tan olinadi va Amerika yoki Isroil unga muzokara qiliş uçun imkon yaratadi degan taxminlar ham bor, deydi u.

Berdiyevning qöşimça qilişiça, qator yetakçilaridan ayrilgan Hamasning holati ança yomon. Taşkilot içida bölinişlar kuçayişi mumkinligi aytiladi.