AQŞ Mudofaa vaziri Lloyd Ostin duşanba kuni Kiyevga keldi. Bu haqda vazir X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida ma’lum qildi.

U Pentagon rahbari sifatida Ukrainaga törtinçi bor kelayotganini ta’kidladi.

«Men mudofaa vaziri sifatida törtinçi marta Ukrainaga qaytdim, bu esa Qöşma Ştatlar xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etayotganini körsatmoqda», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.

Ostin Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan uçraşişi kutilgandi.