Taşrif doirasida delegatsiya a’zolari Polşadagi yirik sabzavot yetiştiruvçi xolding kompaniya - Green Crops ofisida bölib, korxonaning iş faoliyati bilan yaqindan tanişdi.
Kompaniya direktori Adam Rujitski bilan ötkazilgan muzokaralar davomida Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va mahalliy höl meva-sabzavotlarini Polşaga eksport qiliş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uçraşuv natijasida 2025 yil may-oktyabr oylarida Polşadagi qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçi korxonalarda Özbekistonning agrar oliy ta’lim muassasalari talabalari uçun haq tölanadigan stajirovkalarni taşkil etiş borasida aniq kelişuvga erişildi. Bu stajirovkalar bilan boğliq barça harajatlar Green Crops kompaniyasining maxsus grant mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Şuningdek, Özbekiston vakillari Tsexanuv şahridagi Ignatsiy Mossitskiy nomidagi Amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uçraşdilar. Unda Özbekistondagi agrar oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş xususida fikr almaşildi.











