Havo iflosligi böyiça top-uçlikka kirgan Toşkent, özbekistonlik va qirğizistonlik öqituvçilarning maoşi, Çilonzorda qurilayotgan ikki qavatli avtobus bekati – kun davomida Kun.uz'da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Havosi iflos Toşkent
Hali isitiş mavsumi boşlanmagan bölsa-da, Toşkent yana dunyoning havosi eng iflos şaharlari reytingida tez-tez yuqori örinlarni egallamoqda. Poytaxtimiz bugun tongda antireytingda 6-öringa kötarilgan bölsa, oqşomga yaqin 3-öringa ham çiqib oldi. Bu vaqtda şahardagi PM2,5 zarralari miqdori 1 kub metr havo tarkibida 70 mikrogrammdan oşgan.
Uşbu körsatkiç havoning iflosligi aholining barça qatlamlari uçun zararli darajada ekanini bildiradi. Mutaxassislar bunday vaqtda oçiq havoda kamroq böliş, niqob taqiş va derazalarni yopişni tavsiya qiladi.

Jahon banki hisob-kitoblariga köra, Toşkentda PM2,5 emissiyasining yuqoriligi yiliga 3 mingdan ortiq kişining bevaqt olamdan ötişiga sabab bölmoqda. Bu ölimlarning 84 foizi insult, yurak işemik kasalligi va quyi nafas yöllari infeksiyalari bilan boğliq. Tahlillarga köra, Toşkent havosi PM2,5 bilan bulğanişining yillik nisbatda örtaça 28 foizi isitiş sektori bilan boğliq. Qiş oylarida asosan kömir yoqilişi hisobiga bu omilning uluşi 45 foizgaça yetadi. Yillik nisbatda, şuningdek, sanoat korxonalari 13 foiz, barça turdagi transportlar 16 foiz uluşga ega. Şahar atrofidagi hududlardan şamol orqali kirib keladigan çang PM2,5 bilan ifloslanişning 36 foizini taşkil etadi.
Atrof hududlardan keladigan çanglar çöllaniş darajasi bilan ham boğliq. Keçagi yiğilişda prezident Şavkat Mirziyoyev endilikda 16 million gektarlik yaylov yerlarini boşqariş Veterinariya qömitasiga ötkazilişini ma’lum qildi. Qömitaga yil yakunigaça çöllarni degradatsiyadan çiqariş böyiça uç yillik dastur tayyorlaş topşirildi. Şuningdek, kelasi yil “Yaşil makon” dasturi uçun 100 milliard söm ajratiladigan böldi.
Yiğilişda davlat rahbari Toşkentdagi drenaj tizimi borasida qat’iy e’tiroz bildirdi. “Kuni keça bölgan kuçli yomğir haqiqiy ahvolni körsatdi”, dedi Şavkat Mirziyoyev. Poytaxtdagi tuman hokimlari joyiga çiqib, drenaj, yaşillik, obodonlaştiriş kabi masalalarning tepasida turib özi hal qilişi şartligi körsatib ötildi. Şahar hokimligi yil yakunigaça master-reja qilib, drenaj tizimini sun’iy havzalar bilan birga quriş böyiça dastur işlab çiqişi kerak.
Afğonistondan ötiş arzonlaşdi
Afğoniston özbekistonlik haydovçilardan undiriladigan yiğimlar miqdorini kamaytirdi. Özbekiston transport vazirligining ma’lum qilişiça, Amudaryo köprigidan ötiş uçun yiğim avval 12 ming afğoniy yoki taxminan 182 dollar bölgan bölsa, 28 sentabrdan e’tiboran bu miqdor 7 ming afğoniy yoki taxminan 106 dollar deb belgilandi.
Afğonistonga yuk maşinasining kirişi uçun avval 5 ming afğoniy yoki taxminan 76 dollar miqdorida undirib kelingan yiğim esa endilikda 3,5 ming afğoniy yoki 53 dollarni taşkil etadi.
Özbekiston tomoni transafğon multimodal transport yölagi orqali yuk taşuvlariga qulay şaroitlar yaratiş, undiriladigan yiğimlar miqdorini optimallaştiriş böyiça işlar davom ettirilişini ma’lum qildi.
Öqituvçilar oyligi
Özbekistonda öqituvçilarning örtaça oyligi Qirğizistondagi örtaça oyliklardan ham pastroq ekani ma’lum böldi. Qirğiziston ta’lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyevaning ma’lum qilişiça, mamlakatda öqituvçilarning örtaça oyligi 26 400 somni taşkil etadi. Markaziy bank kursi bilan hisoblaganda, bu summa 3 mln 950 ming sömga teng.
Özbekiston Statistika agentligi ma’lumotlariga köra, joriy yilning 1-yarmida Özbekistonda ta’lim sohasidagi maoşlar örtaça 3,5 mln söm bölgan. Agar 1 oktyabrdan boşlab ustozlarning maoşi 15 foizga oşirilganini inobatga olsak, Özbekistondagi öqituvçilarning oylik maoşi Qirğizistondagi maoşlar bilan teng darajaga çiqqan bölişi mumkin.
Taqqoslaş uçun, Özbekistonda jon boşiga töğri keladigan yalpi içki mahsulot 2700 dollar, Qirğizistonda esa 1970 dollarni taşkil etadi.
Ayançli yöl-transport hodisalari
Toşkent şahrida yana bir fojiali yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bugun tong soat 06:20 larda Çilonzor tumanidagi “Novza” masjidi röparasida yölning belgilanmagan qismidan ötayotgan ikki kişini Lacetti urib ketgan. Oqibatda ularning ikkisi ham halok bölgan, maşina daraxtga borib urilişi oqibatida haydovçi ham vafot etgan.
Ikki kişining ölimi bilan boğliq avariya Namangan viloyati Pop tumanida ham röy berdi. Biroq tumanning Navröz mahallasida sodir bölgan YTH tafsilotlari ma’lum emas – rasmiylar Kun.uz'ning bu haqdagi savollarini javobsiz qoldirdi. Şunisi ma’lumki, fojiadan keyin viloyat Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi va Pop tumani IIB rahbarlari mahallaga kelib, röy bergan holatni mahalla mas’ullari va jamoatçilik iştirokida muhokama qilgan.
Bugun, şuningdek, Farğona viloyatida avvalroq fojiali YTH röy bergani oydinlaşdi. Ma’lum bölişiça, Furqat tumanida Cobalt haydovçisi atrofni tuman qoplagan bölişiga qaramay, qarama-qarşi yönalişga çiqib harakatlangan va röparadan kelayotgan Damas bilan töqnaşgan. Oqibatda Damas haydovçisi voqea joyida, uning turmuş örtoği esa şifoxonada vafot etgan. Sud hukmi bilan, Cobalt haydovçisi 3 yil muddatga haydovçilik huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Ikki qavatli bekat
Toşkentda noodatiy bekat paydo böladi. Çilonzor tumani hokimligining ma’lum qilişiça, metroning “Çilonzor” bekati yonidagi eski avtobus bekati örnida yangiça avtobekat qurilmoqda. Odamlar gapjum joydagi bekatning ikkinçi qavatida kafe joylaşgan terassa böladi. Bekat içidagi oçiq hovliga daraxt ekiş, bu hududga aqlli svetofor örnatiş rejalaştirilgan.
“Loyiha boşlanişi haqida oldindan xabar berolmagani uçun qurilişga mas’ul taşkilotlar aholidan uzr söraydi”, deyiladi tuman hokimligining bayonotida. Rasmiy xabarda bekat qurilişi qançaga tuşişi, uni moliyalaştiriş manbalari, kafeni yuritadigan tadbirkor qanday tanlab olinişiga aniqlik kiritilmagan.










